Jahon | 22:20 / 23.08.2023
100155
7 daqiqa o‘qiladi

Prigojinning samolyoti qulashi. Asosiy ma’lumotlar

Biznesmen yo‘lovchilar ro‘yxatida qayd etilgan, ammo u bortda bo‘lgani - oxirigacha aniq emas.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning xususiy samolyoti 23 avgust kuni kechqurun — vagnerchilar isyonidan roppa-rosa ikki oy vaqt o‘tganida Tver oblasti Bologov rayoni Kujyenkino qishlog‘i yaqinida qulab tushdi. Bort halokatga uchragan qishloq RF prezidenti Vladimir Putinning Valdaydagi qarorgohidan 50 kilometr masofada joylashgan. RF FVV halok oqibatida 10 kishi vafot etganini ma’lum qilgan, ularning uch nafari — ekipaj a’zolari bo‘lgan. Voqea joyidan o‘n kishining jasadi qoldiqlari topilgan.

RF Tergov qo‘mitasi harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish (RF JK 263-modda) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Rosaviatsiya ham tekshiruv ishlarini boshlagan. Idora ma’lumotiga ko‘ra, samolyot biznes tashuvlarga ixtisoslashgan shug‘ullanuvchi «MNT-Aero» MChJga tegishli bo‘lgan. Tver oblasti gubernatori Igor Ruden samolyot halokati bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilgan.

Rosaviatsiya Prigojin ham samolyot yo‘lovchilari qatorida qayd etilganini xabar qilgan. Ammo u chindan ham bortga chiqqani oxirigacha aniq emas. Aviatsiya mavzusida ishlovchi jurnalistlar «Verstka» nashriga Rosaviatsiya Prigojin qulagan samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida bo‘lganini juda tez tasdiqlagani noodatiy ko‘ringanini aytishgan. «VChK-OGPU» telegram-kanaliga ko‘ra, qulagan biznes-jyet bortida Prigojinning «o‘ng qo‘li», «Vagner» XHK komandiri Dmitriy Utkin ham bo‘lgan. Prigojinning matbuot xizmati, teleboshlovchi Kseniya Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, samolyot halokati to‘g‘risidagi savollarga javob berishdan bosh tortgan. Jurnalist Andrey Zaxarov XHK asoschisi 23 avgust kuni xususiy harbiy kompaniyaning barcha komandirlari bilan Afrikadan Rossiyaga uchib kelganini tasdiqlagan. «Fontanka» ma’lumotiga ko‘ra, biznesmen va yollanma jangchilar komandirlari halokatga uchragan samolyot bortiga chiqishgan. Ukrainaning Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi qismining ma’muriyati vakili Vladimir Rogov XHK jangchilari unga Prigojin va Utkinning o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqlaganini aytgan.

Aviahalokat joyida olingan surat

Prigojinning samolyoti havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirilgan, demoqda «Vagner» XHKga yaqin bo‘lgan Grey Zone telegram-kanali. Guvohlar samolyot havoda portlaganini tasdiqlashgan. Mash manbasi esa, samolyot qulashidan oldin guvohlar ikki marta kuchli «shovqin» eshitishganini xabar qilgan. Bu samolyotga tashqaridan zarba berilganini dalillashi mumkin — odatda, bitta nishonga qarshi ikkita raketani uchirish amaliyotda keng qo‘llanadi va nishonni yo‘q qilish ehtimolini oshiradi. Videolarda samolyot qulayotganida bir qanoti yo‘qligini ko‘rish mumkin, shuningdek uning stabilizatori ham ajralib ketgan. Boshqa bir versiyaga ko‘ra esa, portlash sababi bortdagi terakt bo‘lgan. RBK manbasi tergovchilar barcha ehtimoliy versiyalarni ko‘rib chiqayotgani haqida aytgan, jumladan, uchuvchining xatosi, texnik nosozlik va «tashqi ta’sir» omillarini ham. FlightRadar ma’lumotiga ko‘ra, samolyot ko‘tarilish vaqtida radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Pilotlar esa dispetcherlarga noodatiy holat haqida xabar bermagan. Harbiy ekspert Yuriy Fedorov «Agenstvo» bilan suhbatda qayd etishicha, samolyotning qulash trayektoriyasi (bu lahzalar guvohlar tomonidan olingan videolarda aks etgan) bortda portlash bo‘lganini ko‘rsatishi mumkin. U samolyotga zenit raketasi bilan zarba berilgani haqidagi versiyaga shubha bildirgan va roliklarda raketalar izlari yo‘qligiga e’tibor qaratgan. Qolaversa, samolyot bo‘lgan balandlikdagi (8,5 kilometrdan ortiq) nishonni har qanday mudofaa tizimi ham urib tushira olmaydi.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, biznes-jyet Moskvadan Peterburgga uchayotgan bo‘lgan. «Meduza»ning Moskva oblasti ma’muriyatiga yaqin manbalari aytishicha, Yevgeniy Prigojin shu kuni poytaxtda bo‘lishi va mahalliy rasmiylar bilan uchrashishi rejalashtirilgandi. Manbaning aytishicha, gap 1 sentabr arafasida maktablarning oziq-ovqat ta’minotini yo‘lga qo‘yish masalasida edi. U Prigojinning keyingi rejalaridan bexabar bo‘lgan.

Embraer ERG 135 samolyoti «Pulkovo» aeroportida

Prigojin «Vagner» XHK isyonidan keyingi kunlarda ham Belarusdan Moskva va Peterburgga shu samolyotda uchgandi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, Tver oblastida bor raqami RA-02795 bo‘lgan Embraer Legacy 600 biznes-jyet qulab tushgan. «Belaruskі Gayun» monitoring guruhi xabar qilishicha, Prigojin shaxsan shunday raqamli samolyotdan foydalanishi haqida xabar bergan. Iyun oyi oxirida belarus faollari bu biznes-jyet Minsk yaqinidagi Machulishchi harbiy aerodromidan Rossiyaga parvoz qilganini qayd etishgan. Grey Zone ma’lumotiga ko‘ra, Prigojinga tegishli bo‘lgan RA-02748 raqamli ikkinchi xususiy samolyot avariyadan keyin Moskva osmonida harakatlanayotgandi. Keyinroq u Moskvadagi Ostafevo aeroportiga qo‘ngan.

Prigojinning samolyoti halokatidan keyinoq Vladimir Putin Kursk jangining 80 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiriga tashrif buyurgan. Marosimda Putin jonli efirda Rossiya Qahramoni unvonini olgan harbiylarni mukofotlagan. U bunday unvonni avvalroq Yevgeniy Prigojinga ham bergandi, deya qayd etadi jurnalist Farida Rustamova. Bu vaqtda, «Belaruskі Gayun» Machulishchi aerodromiga Rossiyadan Il-76 samolyoti uchib kelganini ma’lum qildi. Monitoring guruhi bunday holat so‘nggi oylarda ilk bor sodir bo‘lganini qayd etgan.

Prigojin 2019 va 2022 yillarda ham «halok bo‘lgandi», deya eslatadi «Nastoyashcheye vremya». Taxminan bir yil oldin ushbu biznesmen Ukrainaning Luhansk oblastining Popasnaya shahrida halok bo‘lgani haqida xabar tarqalgandi. Ko‘p o‘tmay uning o‘zi bu xabarni rad etib chiqqandi. 2019 yil oktyabrida esa Prigojin Kongoda An-72 yuk tashuvchi harbiy samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Bu ma’lumot ham tasdig‘ini topmagandi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid