Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar IIBBga qaytdi
U 2022 yil fevralida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ketganidan keyin Toshkent viloyati IIBda ishlayotgandi.

Foto: Kun.uz
Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovni Kun.uz’ning vazirlikdagi manbalari tasdiqladi.
Doniyor Toshxo‘jayev muqaddam, 2019 yil yanvariga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2019 yil yanvar oyidan iyun oyigacha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2019 yil iyun oyidan IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
U 2020 yil yanvar oyida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan va bu lavozimda 2022 yil fevraligacha ishlagan.
Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan vaqtida hududdagi o‘zgarishlarni prezident Shavkat Mirziyoyev ham e’tirof etgandi. Keyinroq viloyatda sodir ayrim voqealar Toshxo‘jayevning karerasiga ta’sir qildi va 2022 yil 12 fevral kuni u ishdan olindi. IIV ushbu iste’foni Farg‘onada so‘nggi yillarda jinoyatchilik keskin oshgani, jinoyat muhokamalari va profilaktik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagani, hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani salbiy oqibatlar keltirib chiqargani bilan izohlagandi.
Doniyor Toshxo‘jayev 2022 yil fevral oyidan hozirgacha Toshkent viloyati IIB tergov boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025