Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy sayohatchilar uchun COVID-19 testini topshirish talabini bekor qiladi
Mamlakatda koronavirusga qarshi cheklovlar yana yumshatilmoqda.
Xitoy 30 avgustdan boshlab xorijdan kelayotgan sayyohlar uchun koronavirus antigenini tekshirish talabini bekor qiladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi.
«2023 yil 30 avgustdan boshlab Xitoyga kelgan odamlar PZR yoki COVID-19 antigeni testini topshirishi shart emas», dedi Van Venbin.
Xitoy 2022 yil oxiridan koronavirusga nisbatan «nol tolerantlik» siyosatini tugatdi.
15 martdan Xitoy hukumati xorijiy fuqarolarga barcha turdagi vizalarni berishni boshladi.
Aprel oyi oxirida Xitoy hukumati mamlakatga kiruvchilar uchun COVID-19 PZR testi ma’lumotnomasini taqdim etish talabini bekor qildi.
Xitoyga kelganlar uchun 48 soat ichida koronavirus antigeni testini topshirish kifoya edi.