Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:26 / 29.08.2023
4468
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkentda 2023 yilning 31 avgust kunidan 3 sentabr kuniga qadar Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan «Yangi nafas» xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan:
- Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha (31 avgust kuni soat 10:00 dan 3 sentabr kuni soat 10:00 gacha);
- Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha (3 sentabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha) yopiladi.

Shu sababli, ko‘chaning ko‘rsatilgan qismi orqali harakatlanuvchi 141-, 51-, 97-, 140-, 22-, 38-, 58-, 98-, 18-, 196-, 97-, 57-, 67-, 2-, 16-, 26-, 80-, 81-, 12-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati boshqa ko‘chalar orqali tashkil etiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026