Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayiq Belarus chegarasini buzib o‘tishga urindi (video)
Litvaning Belarus bilan chegaradagi qismida noodatiy voqea sodir bo‘ldi. Ikki davlat chegarasidagi o‘rmonda yashaydigan yovvoyi ayiq chegarani buzib o‘tishga harakat qildi. Bu holat videosi tarmoqda tarqaldi.
A Belarusian bear has had enough of Lukashenko, the Wagner Group and Russian domination of his country.
— Visegrád 24 (@visegrad24) September 2, 2023
He decided to investigate whether it’s possible to cross the border fence with Lithuania and seek freedom in the EU.
🇱🇹 pic.twitter.com/0DjtPRgDw7
Hodisa chegaraning Litva hududidagi qismida sodir bo‘lgan. Videoda jonivor avvaliga chegarada o‘rnatilgan temir to‘siqni oshib o‘tmoqchi bo‘lgani, foydasi bo‘lmagach to‘siqni qo‘li bilan urib sindirmoqchi bo‘lgani ko‘rinadi. Ikki urinish ham o‘xshamagach, ayiq tirnoqlari bilan chegara to‘sig‘i ostini qaza boshlagan.
Litvalik chegarachilarning aytishicha, chegaraning Belarus tomondagi qismida ayiqlar yashaydi va bunday holatlar yangilik emas. Litva chegara qismi sahifalarida boshqa shunga o‘xshash videolarni ham uchratish mumkin.
Chegarachilar bu jonivorlar odatda chegarani kesib o‘tadigan joy topishi, videodagi ayiq katta ehtimol allaqachon Belarus hududiga o‘tib ketganini taxmin qilgan.
Mavzuga oid
19:21 / 05.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
07:30 / 01.10.2025
Kanadada oq va qora ayiq o‘rtasidagi to‘qnashuv tasvirga olindi
10:31 / 29.09.2025
Burchmullada qo‘ng‘ir ayiq nobud bo‘ldi
10:30 / 13.09.2025