Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha o‘g‘rilik hajmi ma’lum qilindi
Tabiiy gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilinishi oqibatida tizimga 46 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha qonunbuzarliklar aniqlangan.
Xususan, 2023 yil avgust oyida 785 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan.
Bunda 29 mln 104 ming metr kub tabiiy gaz (26 mlrd 297 mln so‘m) va 38,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (19 mlrd 932 mln so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida tizimga 46 mlrd 229 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qayd qilinishicha, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 145 ming 520 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 194 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingani aytilmoqda.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
13:18 / 15.05.2026