O‘zbekiston | 18:55 / 06.09.2023
12572
7 daqiqa o‘qiladi

Chery Uzbekistan: “Rasmiy dilerdan avtomobil olish va rasmiy servislardan foydalanish mijozga foyda”

Foto: Chery Uzbekistan

Chery Uzbekistan avtomobillarni rasmiy dilerdan xarid qilish va rasmiy servislardan foydalanishning xaridorlar uchun qanchalik qulay va muhim ekanligini tushuntirdi.

O‘zbekistonda avtomobilsozlik bozori 10-15 yil avvalgi holat bilan solishtirganda butunlay boshqa darajaga chiqqan. Mamlakatga turli markadagi avtomobillar faol tarzda import qilinmoqda, buning natijasida mijozlar keng turdagi assortimentdan birini tanlash imkoniyatiga ega. Ammo bunda xaridor to‘liq mas’uliyatni yelkasiga olib, mashina tanlashi kerak.

Bir necha kun avval O‘zbekistonga import qilingan avtomobillar faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishi haqidagi talab bekor qilindi. Ya’ni endilikda mutlaqo barcha avtodilerlar, hatto rasmiy bo‘lmaganlar ham, mamlakatda xorijiy avtomobillarni sotishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, turli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, norasmiy avtosalon O‘zbekistonga Xitoy yoki boshqa davlatdan mashina olib keladi. Bir qarashda jiddiy narsa yo‘q, lekin masalani sinchiklab o‘rganganda ko‘plab nyuanslar paydo bo‘ladi.

Norasmiy avtodiler boshidanoq O‘zbekiston uchun mo‘ljallanmagan mashinalarni olib keladi (zaif isitish tizimi, boshqacha haydash funksiyalari, xaridorga tushunarsiz interfeys tili va boshqalar), shu sababli vaqt o‘tishi bilan mashina egasi qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki bu mashina mamlakatimiz bozori uchun chiqarilmagan. Bu, o‘z navbatida, xaridor bilan tuzilgan shartnomaga mos bo‘lmagan ravishda transport vositasidan foydalanishda noqulaylik tug‘diradi.

Noqulaylikdan tashqari, xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, chunki avtomobil ehtiyot qismlari vaqt o‘tishi bilan eskiradi va o‘z vaqtida yangilanishi kerak. O‘zbekistonda bu mashina uchun ehtiyot qismlar yo‘q, haydovchi import qiluvchi davlatdan mahsulot kelishini kutishiga to‘g‘ri keladi. Bu kamida 14 kun davom etadi. Ya’ni haydovchi eng kamida ikki hafta davomida o‘z mashinasini hayday olmaydi. Qismlar kelgandan so‘ng ular to‘g‘ri o‘rnatilishi kerak, bu ham muammo bo‘lishi mumkin, chunki mamlakatda ushbu mashina uchun mutaxassislar yo‘q. Qismlarni noto‘g‘ri o‘rnatish xavfi bilan bir qatorda, egasiga tegishli kafolatlar berilmaydi, bu ham bir umidsizlikdir.

Agar kafolat haqida gapiradigan bo‘lsak, bu ham turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Aytaylik, bir haydovchining Xitoydan olib kelingan mashinasi bor. Avtomobilning kafolati haqiqiy bo‘lishi mumkin, ammo undan foydalanish uchun XXRdagi rasmiy dilerga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Xitoyga mo‘ljallangan avtomobilning norasmiy dileri kafolat, tegishli texnik xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar va boshqalarni taqdim etmaydi.

Shu sababli Chery Uzbekistan avtomobillarni faqat rasmiy dilerlardan sotib olishni tavsiya etadi. Bu taklif Chery misolida ko‘rib chiqilishi kerak.

Kompaniya o‘z mijozlariga mos va ishonchli kafolat beradi. Servis markazlarida mashina haqida barchasini biladigan yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi. Ushbu ro‘yxatga yana bir nechta muhim punktlarni qo‘shish kerak:

  • original ehtiyot qismlar, sarf materiallari va aksessuarlar;
  • sifatli xizmat ko‘rsatish dasturlari;
  • diagnostika uskunalari va texnologiyalari;
  • xizmat sifati va ishonchliligi.

Bundan tashqari, ta’mirlash jarayoni uzoq davom etadigan bo‘lsa, mijozga shu davr mobaynida foydalanish uchun boshqa avtomobil beriladi.

Shu sababli Chery Uzbekistan haqiqatan ham sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish va mijozlar bilan ishlashga alohida e’tibor beradi, deb ayta olamiz. Kompaniyaning avtomobil markazlarida barcha zarur texnik va kafolat ishlarini bajarish imkonini beruvchi ilg‘or xizmat ko‘rsatish obektlari va zamonaviy uskunalar mavjud.

Chery Uzbekistan avtomobillarga besh yil yoki 150 000 kilometr (Tiggo 8 Pro Max modeli uchun - 7 yil yoki 200 000 kilometr) kafolat beradi. Bundan tashqari, xaridor avtomobil qaysi shaharda xarid qilinganidan qat’i nazar, mamlakatning istalgan nuqtasida yuqori sifatli servis va kafolatli xizmatdan foydalanishi mumkin.

Chery Uzbekistan kompaniyasida sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish. U qanday ishlaydi?

Chery kafolati qanday ishlaydi va u nimani o‘z ichiga oladi?

Chery avtomobillariga 5 yil yoki 150 000 km kafolat beriladi, bunda qaysi ko‘rsatkich birinchi kelishiga e’tibor beriladi. Kafolat avtomobilning barcha qismlarini qamrab oladi.

Texnik xizmat ko‘rsatish tartibi qanday?

Yog‘ va filtrni o‘zgartirishdan tashqari, texnik xizmat ko‘rsatish kilometrga qarab 23 tagacha tekshirish protseduralarini o‘z ichiga oladi. Barcha tartib-qoidalar kelajakda qimmat ta’mirlashning oldini olish uchun mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Texnik xizmat ko‘rsatish mashina qayerdan sotib olinganidan qat’i nazar, har qanday rasmiy Chery xizmat ko‘rsatish markazida amalga oshiriladi.

Qanday hollarda kafolat bekor qilinishi mumkin?

Agar avtomobil qismlariga ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanmagan konstruktiv o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lsa, yoki majburiy texnik xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kafolat bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, kafolatni rad etishning sababi asl bo‘lmagan ehtiyot qismlar va ishlatilgan materiallardan foydalanish ham bo‘lishi mumkin.

Avtomobilda nosozlik bo‘lsa, texnik xizmatda kerakli ehtiyot qismlar topiladimi?

Biz omborlarimizda zaxira qismlar doimo yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlashga intilamiz. Kamdan kam hollarda, ma’lum bir ehtiyot qism zaxirada qolmagan bo‘lsa, biz uni yetkazib berish muddatini iloji boricha qisqartirishga harakat qilamiz, shu jumladan, samolyot orqali yetkazib berish tizimidan foydalanamiz.

Avtomobilni ta’mirlash ishlari kechiksa, nima bo‘ladi?

Avtomobilni ta’mirlashning barcha shartlari aniq tartibga solingan. Ta’mirlash kechiktirilgan yagona holat bu avtomobilni chuqur demontaj qilishni talab qiladigan murakkab buzilish hisoblanadi. Bunday hollarda, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlar ta’mirlashning butun davrida foydalanish uchun mutlaqo bepul avtomashinalarni taqdim etadi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 276 55 55 telefon raqami yoki Telegram-bot orqali olishingiz mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Sayt: cheryauto.uz

Instagram: @cheryuzbekistan

Telegram: @cheryuzbekistan

Facebook: @CheryUzbekistan

YouTube: @cheryuzbekistan

Reklama

 

Mavzuga oid