O‘zbekiston | 20:54 / 06.09.2023
12946
4 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahri va 11 ta tuman soliq inspeksiyalariga boshliqlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Dehqonobod, Kitob va Mirishkor tumanlari, Samarqand viloyatining Urgut, Payariq, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Samarqand shahri soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi.

Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan 12 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.

Yusupov Abror Zokirovich Koson tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Abror Yusupov 1991 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shomurotov Odiljon Norquvatovich Muborak tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Odiljon Shomurotov 1986 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Kasbi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jovliyev Sarvar Oripovich Dehqonobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sarvar Jovliyev 1989-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Chiroqchi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Omonov Aziz Ravshanovich Kitob tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Aziz Omonov 1989 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Oymahmedov Hamidullo Murodulloyevich Mirishkor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Hamidullo Oymahmedov 1988 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Hisobni yuritish va budjet daromadlarini prognozlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tolliyev Elyor Musurmanovich Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Elyor Tolliyev 1983 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eshmurotov Sherzod Sindarovich Payariq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sherzod Eshmurotov 1986 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kulmirzayev Akbarali Abduganiyevich Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akbarali Kulmirzayev 1981 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rasulov Lochinbek Asatovich Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Lochinbek Rasulov 1983 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Turg‘unov Akbarali Abdisalomovich Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akbarali Turgunov 1967 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Paxtachi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

G‘iyosov Akmaljon Sobirovich Paxtachi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akmaljon Giyasov 1983 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Narpay tumani soliq inspeksiyasi Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid