Challenger tanki tarixda ilk bor duşman öqi bilan yöq qilindi. Bu Ukraina janubida röy bergan
|16:50 / 07.09.202351 5029 min
Internetda Britaniyaning Challenger 2 asosiy jangovar tanki yonayotgani aks etgan video paydo böldi. Bu tanklar avgust oyi oxiridan boşlab Zaporijjya oblastidagi qarşi hujum amaliyotlarida qatnaşayotgan Ukraina qurolli kuçlari 82-alohida desant-şturmçi brigadasi safida xizmat qilayotgandi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Şepps Sky News telekanali efirida Ukrainada yöq qilingan Challenger2 tanki haqida bir kun avval paydo bölgan ma’lumotni tasdiqladi.
«Bu, ehtimol, biz bilgan birinçi yöqotiş», degan Şepps. Uning sözlariga köra, tank Rossiya artilleriyasi zarbasiga uçragan. «Challenger2 ekipajining barça olti a’zosi tirik qoldi», deya qöşimça qilgan u.
Zaporijjya oblastining Rabotine qişloği hududida Challenger 2 yonayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda 5 sentabr kuni tarqalgandi.
Destroyed Ukrainian Challenger 2 outside of Robotyne, most likely from the 82nd Air Assault Brigade. pic.twitter.com/KInjnmfs4F
The Guardian naşri Ğarb razvedka idoralari ma’lumotlariga tayanib, tank avvaliga minaga tuşib qolgan va uning orqa yonilği baki yonib ketgan, ekipaj tankni tark etgani, keyin esa Rossiya droni böş Challenger2’ga zarba bergani haqida yozdi.
Zirhli texnikalar sohasidagi ukrainalik ekspert Andrey Tarasenko BBC uçun bergan intervyusida aytişiça esa, internetda tarqalgan videoni olgan operator içida bölgan avtomobil harakatlangan yöl s’yomka vaqtida öqlar yomğiri ostida bölgan va maşina boşqa harakatsiz T-64BV (Rossiya va Ukraina armiyalari tomonidan işlatiladigan, sovetlar ittifoqi davrida işlab çiqarilgan tank) yonidan ham ötgan. Demak, bu tanklar guruhi, katta ehtimol bilan Rossiya artilleriyasi öqlari ostiga tuşib qolgan.
«U yerga, masalan, maşinalarni yuqoridan yöq qilişi mumkin bölgan infraqizil nurli va sub öq-dorili snaryadlar uçib kelgan bölişi mumkin», deb qöşimça qilgan ekspert.
Sub öq-dorilar — kassetali öq-dorilarning tarkibiy qismi bölib, portlaş paytida ular soçilib, yöq qiliş maydonini kengaytiradi. Kassetali bomba turlaridan biri zirhli transport vositalarini yöq qiluvçi, tankka qarşi öq-dorilar bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
Mutaxassis, şuningdek, videoda köringan bunday yonğindan söng, tankni safga qaytariş imkonsizligini ham ta’kidlagan, çunki metall yuqori harorat sabab öz xususiyatlarini özgartiradi.
Tank ekipaji omon qolgani bu tank juda yaxşi himoyalangani bilan izohlanadi. Videoda ham tank yonayotgani aks etgan bölsa-da, u töliq yakson bölmagan va içkarida portlaş röy bergani alomatlari yöq.
Zamonaviy tank
Challenger 2 — dunyodagi eng zamonaviy tanklardan biridir. U 1994 yildan beri Britaniya armiyasida xizmat qilmoqda. Çorak asr davomida u «zarar yetkazib bölmas» tank sifatida dovruğ qozongandi.
Şu paytga qadar birorta ham Challenger tanki jangda duşman öqi natijasida yöq qilinmagan. Yagona yöq qilingan Challenger tanki 2003 yilda Iroqda «özinikilar otişi» qurboni bölgan.
Ammo, bunday reputatsiya jangovar transport vositasining ba’zi ajoyib xususiyatlari natijasi emas. Gap şundaki, ular bor-yöği 450 taga yaqin miqdorda işlab çiqarilgan. Challenger 2 tanklari Yugoslaviya va Iroqdagi harbiy harakatlarga jalb etilgan bölsa-da, sof statistik ma’lumotlarga köra, ular kamdan kam hollarda janglarda qatnaşgan.
Tankning asosiy afzalliklaridan biri sifatida uning keramik plitalardan foydalaniladigan Chobham tipidagi köp qatlamli zirhi aytiladi.
Bunday zirhlar kamulyativ öq-dorilarga qarşi ham (kamulyativ snaryadlar — portlaş mahsulotlari va eritilgan metalldan taşkil topgan, zirhni juda kiçik yönalişda teşadigan tankka qarşi raketalar yoki granata otiş moslamalari), subkalibrli öqlarga qarşi ham ança samarali.
Tank old tomondan juda yaxşi himoyalangan, yon va orqa tomonlar esa kamroq himoyaga ega.
Zamonaviy yoki eskirgan?
Andrey Tarasenkoning qayd etişiça, Challenger 2 butkul zamonaviy tank bölişiga qaramay, uning nafaqat afzalliklari, balki kamçiliklari ham bor. Tarasenko bu kamçiliklarni britaniyaliklar uşbu tankni işlab çiqişda jang maydonidagi yangi tahdidlarni hisobga olmagan holda, ötgan uruşlar, şu jumladan Ikkinçi jahon uruşi tajribalariga asoslangan konservativ yondaşuvni qöllagani bilan izohlaydi.
«Challenger oldingi minoraning juda kuçli himoyasi kabi özining ijobiy fazilatlariga ega. Ammo u hali ham XX asrning 60-yillarida amalda bölgan konsepsiya va qaraşlarni aks ettiradi va undan qandaydir möjiza kutmaslik kerak. Artilleriya unga hatto T-64’ga qaraganda köproq zarar yetkazadi», deydi ekspert.
Old tomonning kuçaytirilgan himoyasi — tanklar taran vazifasini bajarib, duşman pozitsiyalariga hujum qilgan va köpinça old tomondan öqqa tutiliş xavfi ostida bölgan uruşlar tajribasining natijasidir.
1980 va 1990-yillarda Challenger va Challenger 2 tanklari haqiqatan ham old tomondan eng qattiq himoyalangan tanklar edi. Ammo uşbu «old taraf zirh ölçovlari», biz hozir körib turganimizdek, zamonaviy voqelikda öz ahamiyatini qisman yöqotdi. Hozir Ikkinçi jahon uruşi va Arab-Isroil uruşlari böyiça tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ötgan asr konsepsiyalariga örin yöq», deydi ekspert.
Soyli töp
Challenger 2’ning yana bir alohida xususiyati L30A1 nomli 120 millimetrlik soyli (narezkali) töpdir.
Burama qurollarda snaryad (yoki öq) maxsus vintli burama tufayli stvolda girdob şaklida aylanadi, şundan söng snaryad nisbatan barqaror uçadi.
Bu aniqlikni oşiradi, bu esa afzallikdir. Darhaqiqat, Challenger dunyodagi eng aniq tanklardan biri hisoblanadi.
Biroq, silliq stvolli qurollar ham zamonaviy tanklarda yuqori qadrlanuvçi öz afzalliklariga ega.
Soyli zambaragi tufayli, aniq zarba berişiga qaramay, Challenger 2 endi zamonaviy uruşda ötmiş yodgorligi sifatida köriladi
Foto: AFP
Stvoldagi gaz bosimi yuqori bölgani sababli, silliq stvolli qurol snaryadni soyli stvolli quroldan yuqoriroq tezlikda otadi. Bunday töpdan otilgan snaryadlar ança qalin zirhlarni teşib ötişi mumkin.
Şu sababli, Challenger 2 töpi aksariyat Rossiya va Ğarbdagi boşqa tanklarning silliq stvolli qurollari fonida ötmiş yodgorligiga öxşaydi. U haqiqatan ham juda aniq, ammo bu xislat uçun boşqa muhim xususiyatlardan voz keçiş darajasida aniq emas.
Britaniya tankining barça afzalliklari va kamçiliklari Ukrainadagi uruş boşlanişidan oldin ham ma’lum edi. 2020 yil boşlarida Britaniya Germaniya bilan birgalikda yangi tankni işlab çiqişni boşladi. U Challenger 3 deb nomlanadi va ehtimol Challenger 2 xatolarini tuzatadi.
Özgartirişlar orasida Germaniyaning Rheinmetall L55A1 silliq stvolli quroli ham bor. Bunday töplardan Leopard 2 va M1 Abrams tanklari foydalanadi.
Ukrainaga yetkazib beriş
Britaniya 2023 yil yanvar oyida, Ukrainaga asosiy jangovar tanklar yetkazib beriş rejasini e’lon qilgan birinçi davlat bölgandi. Umumiy hisobda, Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tanki yetkazib beriş va’da qilingandi.
Öşa paytda Germaniya Ukraina qurolli kuçlariga öz Leopard’larini yetkazib berişga yoki bu tanklar qurolli kuçlarida mavjud bölgan mamlakatlarga ularni ukrainaliklarga topşirişga ruxsat berişga jur’at eta olmay, hali ham ikkilanayotgandi.
Çallenger’lar bu devorni buzdi — Londondan söng dastlab Vaşington özining Abrams tanklarini Ukrainaga yuborişini e’lon qildi, keyinroq Berlin ham Leopard’larni Kiyevga topşirişga rozi böldi.
Biroq, agar nemis va ingliz tanklari allaqaçon janglarda qatnaşayotgan va yöqotişlarga uçrayotgan bölsa, Amerika tanklari hali frontga yetib kelmagan.
AQŞning Politico naşri xabariga köra, 200 nafar ukrainalik harbiy xizmatçi Germaniyada Abrams tanklari böyiça maşğulotlarni allaqaçon yakunlagan va bu maşinalar Ukrainaga sentabr oyi örtalarida yetkazib beriladi. Hammasi bölib, AQŞ Ukraina qurolli kuçlariga 31 ta tank topşiradi.