Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kriptovaluta birjasi asoschisi 11 ming yilga qamaldi
U 400 mingdan ortiq mijozni chuv tushirganlikda ayblandi.
Bankrot bo‘lgan Thodex kriptovaluta birjasi direktori Faruq Fotih O‘zer 11 196 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Coindesk.
O‘zer firibgar tashkilot tashkil etish va boshqarishda ayblangan. 2023 yil 20 aprelida u Albaniyadan Turkiyaga ekstraditsiya qilingan va hibsga olingandi. U bilan birga bu ishda Thodex birjasining 21 nafar xodimi ham ishtirok etmoqda, ulardan 7 nafari hibsga olingan.
Prokuratura O‘zerni 40 564 yilga qamashni talab qilgan edi. Ish Anadolu oliy jinoyat sudida ko‘rib chiqildi. Faruqning singlisi Serap va katta akasi Gyuven ham xuddi shunday jazoni oldi. Bundan tashqari, Faruq O‘zer 135 million lira (61 mlrd so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.
2021 yil mart oyida Thodex veb-sayti ochilmay qoldi, Faruq O‘zer esa g‘oyib bo‘ldi. Kriptovaluta birjasining 400 mingdan ortiq mijozlari 2 milliard dollarga yaqin mablag‘dan ajraldi.
Thodex asoschisi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi va kriptovaluta birjasi jinoiy tashkilot emasligini, balki shunchaki bankrot bo‘lganini aytdi.
Mavzuga oid
18:17 / 29.04.2026
Mashina olib berish va’dasida yuzlab odamni chuv tushirgan “Umid avto”chilarga hukm o‘qildi
22:40 / 08.04.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kriptovalutada to‘lov talab qildi
16:33 / 29.12.2025
Eyforiyadan ommaviy sotuvlargacha. Bitcoin bilan nimalar bo‘lyapti?
22:49 / 24.11.2025