Kuz fasliga kelib Rişton tumanining Navbahor qişloğidan to Uçköprik tumani Sariqqörğon qişloğigaça yöllarda bulğor qalampiri qoplayotgan yoki uni quritib sotayotgan dehqonlarga közingiz tuşadi. Oybek Yoqubov Yoyilma qişloğida 60 sotix yerga bulğor qalampiri ekkan. Dehqon ayni damda hosilini yiğiştirmoqda. Dala işlariga işçi ayollarni jalb qilgan.
Bulğor qalampiri yetiştirib sotiş bilan şuğullanuvçi dehqon Oybek Yoqubovning qöli qöliga tegmaydi
“Bulğor qalampiri özimizning dehqonçilik. Köçatlarini Riştonning Jalayer qişloğidan donalab sotib olib köklamda ekamiz.

Bu yil köçat narxi biroz kötarildi. 60 sotix yerga 60-65 ming tup köçat ekdik. Mana, hozir pişiq payti keldi, endi esa sotyapmiz. Dehqonçilik maşaqqatli iş. Ança mehnat qildik yetiştirgunça.

Bu yil 60 sotix yerga bulğor qalampiri ekdim, boşqa dehqonçiliklarimiz ham bor. Daromad qiliş qaraşga, qanday öğit berişga boğliq. Yaxşi işlansa, yaxşi hosil olinadi, albatta. Kunlik işçilar işlatamiz, nonuşta, tuşligini qilib berib, qöliga 100 ming sömdan beramiz. Işçilarimiz asosan xotin-qizlardan iborat.

Yangi terilgan bulğor qalampiri kilogrammini 3,5-4 ming sömdan, quritilganini esa 20-22 mingdan sotyapmiz. Quruğining narxi ozroq tuşgani uçun hozir köproq yangisini sotyapmiz. Odatda şu yöl çetida quritamiz. Qalampirlarni kesib yoyib qöyamiz. 3-4 kun yoki uzoği 1 haftada quriydi. Xaridorlar bilan kelişib sotaveramiz keyin. Qolgani rözğorga ketadi.

Quritilgan bulğor qalampirini asosan Boğdodning Mirzaobod qişloğidan keluvçi xaridorlar sotib oladi. Ular qayta işlab kukunini eksport qilişadi. 10 kg hölidan 2-2,5 kg quruq bulğor qalampiri çiqadi», – deydi dehqon Oybek Yoqubov.
Şafoatxon Arzamovaning turmuş örtoği vafot etgan. U rözğor tebratiş uçun kunlik işga çiqadi














