23 mart kuni Rişton tumanida yaşovçi 36 yoşli D.D. özi bilan rasmiy nikohdan ötmagan holda yaşab yurgan 31 yoşli ayol M.B.ni piçoqlab öldirgan. Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinovning xabar berişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz manbasiga köra, gap xonanda Dilmurod Daliyev haqida ketmoqda. Unga köra, xonanda oilaviy janjal oqibatida ayolga oşxona piçoği bilan bir neça marta zarba bergan. Natijada ayol olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Xonandaning yaqinlariga köra, Dilmurod Daliyev va marhumadan ikki nafar (2 yoş va 3 oylik) farzand qolgan.