Hafta davomida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati ba’zi joylarida, respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +29...+32 daraja bo‘ladi.
Keyinchalik, hafta oxirigacha, respublika bo‘yicha O‘zbekistonda kuz fasli boshi uchun xos bo‘lgan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda 12-13 sentabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 14-15 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Poytaxtda bugun kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat +30...+32 daraja bo‘ladi.
12-15 sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 sentabrda +26...+28 daraja, 13-15 sentabrda +28...+30 daraja bo‘ladi.