FDG Toshkent shahrida turar joy hovlisi hududidagi eng katta bolalar o‘yingohlaridan birini ochdi
Joriy yil 9 sentabr kuni First Development Group (FDG) qurilish kompaniyasiga qarashli “Parkent Plaza” turar joy majmuasi hududida katta o‘yin maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turar joy hududida joylashgan ushbu eng katta majmuaning o‘lchamlari 18 metrdan katta bo‘lib, “Parkent Plaza” loyihasi qurilishining yakuniy, uchinchi bosqichida rasman ochildi. O‘yingoh 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Turkiyaning “PARK KENT” kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan va o‘zining zamonaviyligi, ko‘pfunksionalligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi.Ochilish marosimida qatnashgan FDG tijorat direktori Sergey Potapov loyiha haqida batafsil ma’lumot berdi:
– Bolalar va sport maydonchalari uchun jihozlarni tanlashda biz uchun birinchi navbatda funksionallik muhim edi. Bolalar o‘ynashi uchun qiziqarli, kattalarga esa ochiq havoda sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha imkoniyat bo‘lishi muhim. Bu bizning birinchi mezon.
Ikkinchi mezon – mustahkamlik. O‘rnatilgan konstruksiyalar ishonchlilik darajasini baholash uchun biz barcha potensial yetkazib beruvchilarga bir xil savol bilan murojaat qildik – siz qurgan o‘yin maydonchalaringiz ichida bir yildan ortiq vaqt davomida ishlab kelayotganlari qayerda joylashgan? Biz maydonchalarga tashrif buyurib, qaysi uskunalar ishlashda davom etayotgani va qaysilari ta’mirtalabligini ko‘rib chiqdik. 10 dan ortiq nomzodlarni ko‘rib chiqib, turk ishlab chiqaruvchisi “PARK KENT”ni tanladik.
Bundan tashqari, “Parkent Plaza” turar joy majmuasida kattalar uchun mashg‘ulot maydoni (Workout zone) ham mavjud bo‘lib, sport zali o‘rnini bosa oladi. Ushbu maydon ham “PARK KENT” kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Umumiy qilib aytganda, “Parkent Plaza” turar joy majmuasida 1760 kv metr maydonni egallagan bolalar va kattalar mashg‘ulotlar maydoni mavjud.Tadbirda qatnashgan “PARK KENT” kompaniyasi vakolatxonasi boshqaruv direktori Alisher Ibodullayev loyiha haqida axborot berdi:
– “PARK KENT” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab bolalar va kattalar o‘yingohlari konsepsiyasini o‘zgartirish maqsadida asos solingan. Sifat va ishonchlilik tufayli qisqa vaqt ichida Turkiya va Yevropa bo‘ylab oldi kompaniyalardan biriga aylandik. Qurilishda biz doimo sifatli mahsulotlardan foydalanamiz. Masalan, plastik mahsulotlar uchun xomashyoni Ispaniyadan keltiramiz, metall karkaslar esa bo‘yoq kukuni bilan bo‘yalgan va ular shu yerning iqlimiga moslashtirilgan.
“Parkent Plaza” turar joy majmuasining konsepsiyasi – “barchasi qo‘l ostida” – insonlar farovon hayot kechirishlari uchun barcha zarur infratuzilma qulayliklariga ega: uyga yaqin xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, qulay transport bo‘g‘ini, xavfsiz yerosti avtoturargohi, avtomatik sug‘orish va landshaft yoritish tizimlariga ega obodonlashtirilgan hudud, hamda 30 dan ortiq tashqi va ichki videokuzatuv qurilmalari loyiha qurilishining oxirgi bosqichi tugagunga qadar o‘rnatiladi.
Telefon: +99878-777-01-01
Sayt: fdg.uz
Telegram: t.me/fdguz
Instagram: @fdg_uz
Facebook: fb.com/FirstDevelopmentGroup
Reklama huquqi asosida