Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV ikki amerikalik diplomatni «persona non grata» deb e’lon qildi
AQSh elchisi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, unga ikki xodimning harakatlari diplomatik maqomga mos kelmasligi to‘g‘risida rasmiy nota taqdim etish bilan «qat’iy demarsh» bildirildi.
Foto: TASS
AQShning Rossiyadagi elchisi Linn Treysi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va Amerikaning Moskvadagi elchixonasi ikki xodimi «persona non grata» deb e’lon qilindi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining 14 sentabr kuni idora saytida e’lon qilingan xabarida aytiladi.
«14 sentabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Amerikaning Moskvadagi diplomatik missiyasi rahbari Linn Treysiga AQSh elchixonasi birinchi kotibi J.Sillin va elchixona ikkinchi kotibi D.Bernstaynning harakatlari diplomatik maqomga to‘g‘ri kelmasligi to‘g‘risida rasmiy nota taqdim etgan holda qat’iy demarsh bildirildi», — deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, «ushbu shaxslar xorijiy davlat uchun «maxfiy hamkorlik»da ayblanayotgan Rossiya fuqarosi R.Shonov bilan aloqa o‘rnatish orqali noqonuniy faoliyat olib borgan, unga Rossiya milliy xavfsizligiga zarar yetkazish maqsadida moddiy mukofot evaziga topshiriq bergan».
Amerikalik diplomatlar 7 kun ichida «persona non grata» maqomida Rossiya hududini tark etishi kerak, deyiladi idora ma’lumotida.
Tashqi ishlar vazirligi «AQSh diplomatik missiyasining noqonuniy faoliyati, jumladan, mezbon davlat ichki ishlariga aralashuvi qabul qilib bo‘lmaydigan holat va qat’iy bostirilishini» ta’kidladi. «Rossiya tomoni Vashingtondan to‘g‘ri xulosa chiqarishini va qarama-qarshiliklarga yo‘l qo‘ymaslikni kutmoqda», - deya xulosa qildi Rossiya vazirligi.
Mavzuga oid
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
10:45 / 21.04.2026
Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
08:49 / 21.04.2026
Oq uyda yangi kadrlar inqirozi: yana bir vazir iste’foga chiqdi
23:37 / 20.04.2026