Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. U bu lavozimda Najmiddin To‘raxo‘jayev o‘rnini egalladi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekistonda ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Tayinlovga qadar Z.Qurbonov “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.
IIVda vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hozirga qadar vakant edi. Unga quyidagi xizmatlar bevosita bo‘ysunadi: Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi; Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi; Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvaridan ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Najmiddin To‘raxo‘jayev 2023 yil iyul oyi oxirida prezident raisligidagi videoselektorda ishdan olingandi.
Ma’lumot uchun, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning hozirda 6 nafar o‘rinbosari va 3 nafar maslahatchisi bor. Ular:
- vazirning birinchi o‘rinbosari - polkovnik Shavkat Rahmonov;
- vazir o‘rinbosari - general-mayor Bekmurod Abdullayev;
- vazir o‘rinbosari - general-mayor Davron Nazarmuhammedov;
- vazir o‘rinbosari - polkovnik Yahyo Abdulhaqov;
- vazir o‘rinbosari - polkovnik Saidkarim Nishonboyev;
- vazir o‘rinbosari - general-mayor Bahodir Mirzarahimov;
- vazir maslahatchisi - general-polkovnik Zokir Almatov;
- vazir maslahatchisi - polkovnik Shohrux G‘iyosov;
- vazir maslahatchisi - podpolkovnik Xurshid Ro‘ziyev.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
Jamiyat | 10:49
-
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi
Jahon | 10:30
-
Mbappe «Real»dagi ilk qizilini oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari
Sport | 10:27
-
Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Jamiyat | 09:54
Mavzuga oid

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

10:54 / 12.03.2025