Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO 2024 yilda sovuq urush davridan beri eng yirik harbiy mashqlarni o‘tkazadi
Mashqlar Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududida bo‘lib o‘tadi.
NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Shimoliy Atlantika alyansi «sovuq urush» davridan beri o‘zining eng yirik mashqlarini o‘tkazadi. Bu haqda u Osloda bo‘lib o‘tgan NATO bosh shtabi boshliqlarining konferensiyasida ma’lum qildi.
Mashqlar Steadfast Defender (Chidamli himoyachi) deb nomlanadi va unda 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi. Mashqlar Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududida bo‘lib o‘tadi.
11 sentabr kuni Financial Times (FT) nashri NATO sovuq urush davridan beri eng yirik mashqlarni o‘tkazish rejasi borligi haqida yozgan edi. Mashqlardan maqsad «NATO davlatlaridan biriga qaratilgan Rossiya tajovuzini qaytarishga urinish» ekani aytildi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026