Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonda bir nechta maktab qurmoqchi
Bu maktablarda darslar rus tilida bo‘lishi, o‘quvchilar Rossiya ta’lim dasturlari asosida o‘qitilishi aytilmoqda. RF bosh vazirining bu boradagi taklifini O‘zbekiston bosh vaziri qabul qildi. Hukumat rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda qator kelishuvlar, xususan yadroviy tibbiyot bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Foto: gov.uz
Bugun, 18 sentabr kuni Moskvada O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 4-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda RF bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya tomoni O‘zbekistonda rus tilida va Rossiya dasturlari asosida ta’lim beriladigan bir nechta maktab qurishga tayyorligini bildirdi.
“Shunday qilsak, o‘quvchilar Rossiya madaniyati va an’analari bilan yaxshiroq tanisha oladi. Siz tomoningizdan qiziqish bildirilsa, bu boradagi so‘rovni ko‘rib chiqamiz”, – dedi Rossiya hukumati raisi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov taklif qabul qilinishini aytdi.
“Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar qurish taklifini katta mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Shuni aytishni istardimki, O‘zbekistonda 10 mingdan umumta’lim maktablari bor, ularning 10 foizida rus tilida ta’lim beriladi”, – dedi Aripov.
O‘zbekiston hukumati rahbariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalarining 14 ta filiali faoliyat olib boryapti. Abdulla Aripov ta’lim sohasidagi hamkorlik maktabgacha va maktab ta’limida ham faollashganini aytib, “Klass” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi rus tilli maktablar uchun matematika, fizika va kimyo fani pedagoglarini ko‘paytirishni taklif etdi.
Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida bir nechta hujjatlar qabul qilindi:
- “Rosatom” va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida yadroviy tibbiyot sohasidagi strategik sheriklik to‘g‘risida anglashuv memorandumi;
- Rossiya Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida kelishuv;
- Rossiya davlat registratsiyasi, kadastr va kartografiya federal xizmati hamda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘rtasida 2023-2024 yillarda davlat kadastr baholashi tizimini yaratish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuv;
- N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot milliy tadqiqot universiteti Toshkent filialining to‘laqonli faoliyatini tashkil etish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni jadallashtirishga doir rejalar.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

16:04 / 22.07.2025
Rossiyada Roza Lyuksemburg jamg‘armasi «nomaqbul» deb e’lon qilindi

15:45 / 22.07.2025
Aliyevning gaplari: Boku – Moskva nizosi yangi bosqichdami?

15:25 / 22.07.2025
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

13:26 / 22.07.2025