Italiya Qirg‘izistondan 100 nafar cho‘pon yollaydi – OAV
Mamlakat qishloq xo‘jaligida ishchi kuchining yetishmasligi kuzatilmoqda.

Foto: Getty Images
Italiyalik fermerlar Sardiniya orolidagi qishloq xo‘jaligi an’analarining yo‘qolishiga qarshi kurashish uchun Qirg‘izistondagi hamkasblariga murojaat qildi, deb yozdi Financial Times.
Italiyaning Coldiretti kompaniyasi qishloq xo‘jaligi xodimlari yetishmasligi muammosini hal qilish uchun echki va qo‘y sutidan pishloq tayyorlash va yilqichilik kabi mutaxassislikka ega malakali cho‘ponlarni yollash maqsadida deyarli 10 ming km uzoqlikdagi Qirg‘izistonga murojaat qildi.
Coldiretti 18 sentabr kuni Qirg‘iziston Mehnat vazirligi bilan mahalliy cho‘ponlar va ularning oilalariga Sardiniyaning tashlandiq hududlarida maxsus mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlashga ruxsat berish to‘g‘risida shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Sardiniya oroli go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirish va plyaj kurortlari bilan mashhur. Biroq uning iqtisodiyoti zarar ko‘rmoqda, chunki odamlar, asosan yoshlar ichki hududlarni tark etib, yuqori daromadli ish izlab, materikka ko‘chib ketmoqda.
Qayd qilinishicha, shunga o‘xshash loyiha allaqachon Italiya shimolida amalga oshirilyapti. Jumladan, so‘nggi 40 yil ichida Hindistonning Panjob viloyatidan kelgan 10 mingga yaqin sikx migrantlari Italiyaning shimoliy hududlariga joylashgan va mahalliy sut chorvachiligida, jumladan Parmezan pishlog‘ini ishlab chiqarishda ishtirok etmoqda.
Yangi loyiha qishloq xo‘jaligida tajribaga ega 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar Qirg‘iziston fuqarosini Sassari, Barbaji va Sarrabus qishloqlariga ko‘chib o‘tishga jalb etishni maqsad qilgan. Ularning vizasi dastlab vaqtinchalik bo‘ladi, lekin ular o‘quv va amaliyot dasturlarini tugatgandan so‘ng, doimiyga aylanadi.
«Loyiha aholining qarishi va tug‘ilish darajasining pasayishi, oqibatda qishloqlarning huvillab qolishi bilan kurashishga qaratilgan», dedi Coldiretti kompaniyasi rahbari. Bu hududlarga uzoq muddatda «minglab xorijliklar» ko‘chib o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya qishloq xo‘jaligida 164 ta mamlakatdan kelgan 360 mingga yaqin migrant qonuniy ishlamoqda. Shu jumladan mavsumiy ishchilar bu sektorda ishchi kuchining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi.
USAID ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda ishchi kuchining qariyb 40 foizi qishloq xo‘jaligida mehnat qiladi va yalpi ichki mahsulotning 20 foizini ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligidagi aksariyat faoliyat kichik oilaviy fermer xo‘jaliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston | 16:04
-
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston | 16:04
-
Tarixni qayta yozayotgan Tramp va Hindiston–Pokiston havo janglari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:27
-
Rossiya va Germaniya siyosatchilari Bokuda maxfiy tarzda uchrashgan
Jahon | 15:17
Mavzuga oid

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025