Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sharq» nashriyoti va O‘zA binolari sotuvga qo‘yildi
Binolari xususiylashtiriladigan yirik nashriyot va axborot agentligining o‘zi boshqa joyga ko‘chiriladi.
Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa korxonasi shaharning Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko‘chasida joylashgan yangi binoga ko‘chiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, bunga bino va ishlab chiqarish uskunalari ma’nan eskirgani, ta’mirtalab va yaroqsiz holatga kelgani sabab bo‘lgan.
Shu bilan birga, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasida joylashgan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) shaharning Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan Matbuot uyiga ko‘chiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zA va «Sharq» nashriyotiga tegishli binolar (umumiy yer maydoni 3,02 gektar, bino maydoni 56,5 ming kv.m.) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq ommaviy auksionga qo‘yilgan. Ularning negizida zamonaviy shaharsozlik talablariga mos keluvchi yagona mulkiy majmuani barpo etilishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026