Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbarini qabul qildi
Janni Infantino O‘zbekiston prezidentiga uning ismi tushirilgan futbol to‘pini sovg‘a qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York shahrida Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari Janni Infantinoni 2023 yilgi futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
O‘zbekiston va FIFA o‘rtasidagi samarali sheriklik alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Futbolni rivojlantirish va yoshlarni keng jalb qilish bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda FIFAning yirik xalqaro tadbirlarini, shu jumladan ayollar va o‘smirlar o‘rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Federatsiya rahbari O‘zbekistonni 2024 yilda ilk bor FIFA shafeligidagi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan tabrikladi va uning yuqori saviyada o‘tkazilishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, Janni Infantino yurtimizda ommaviy va professional futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va ta’lim bazasini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholadi.
Mavzuga oid
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
15:16 / 18.07.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya 3-o‘ringa ko‘tarildi
22:37 / 06.05.2024
FIFA futzal milliy jamoalarining reytingini yangiladi: O‘zbekiston jahonda 11-pog‘onaga ko‘tarildi
22:22 / 03.04.2024