Dunyoning birinchi raqamli mediamagnati lavozimidan ketmoqda
Fox News, The Wall Street Journal, The Times va boshqa ko‘plab mashhur OAVlarning asoschisi, 70 yillik faoliyati davomida dunyoda eng katta ta’sirga ega media imperiyani barpo etgan Rupert Myordok 92 yoshida ikkita asosiy kompaniyasi boshqaruvini o‘g‘liga topshirib, o‘zi faxriy rais lavozimini egallashini e’lon qildi.

Foto: Fox News
Dunyodagi eng taniqli mediamagnat Rupert Myordok Fox Corporation va News Corp kompaniyalari raisligini o‘g‘li Laklanga topshirishini ma’lum qildi.
92 yoshli biznesmenning kompaniyalari AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyada yangiliklar tarqatuvchi eng taniqli brendlarga egalik qiladi.
Rupert Myordok o‘z bayonotida kompaniyalarining holati xuddi o‘zi kabi tetik va sog‘lom ekanini aytarkan, oxirgi o‘n yilliklarda ular erishgan yutuqlardan faxrlanishini ta’kidlagan. U vakolatlarini o‘g‘liga noyabr oyida rasman topshiradi.
Myordok media sohasidagi faoliyatini 22 yoshida, gazetachilikdan boshlagan. O‘shanda Avstraliyaning Adelaida shahridagi ikkita gazetaning yarim aksiyalari unga jurnalist otasidan meros bo‘lib qolgandi. Oradan 70 yil o‘tib, qariya Rupert dunyodagi eng katta ta’sirga ega mediamagnat sifatida iste’foga chiqmoqda.
Investor Fox Corporation va News Corp'da faxriy rais lavozimlarini egallamoqchi. “O‘zimning butun kasbiy hayotimda har kuni yangiliklar va g‘oyalar bilan band bo‘ldim, bu jihatdan menda hech narsa o‘zgarmay qoladi”, – deya yangi lavozimiga izoh bergan Rupert Myordok. U o‘g‘li Laxlanni “shijoatli, prinsipial yetakchi” deb ta’riflagan.
Myordok iste’fosi munosabati bilan kompaniyalari xodimlariga yozgan xatida, “gazetalarimizni tarqatuvchi yuk mashinalari haydovchilariga, biz ofisdan ketayotgan paytda ishini davom ettirayotgan bo‘ladigan farroshlarga, bizni qo‘llab-quvvatlaydigan yordamchilarga hamda kameralar yoki kompyuter kodlari ortidagi tajribali operatorlarimizga” minnatdorchilik bildirgan.

Rupert Myordok 1931 yilda Avstraliyaning Melburn shahrida tug‘ilgan. U News Corp nomli kompaniyasi orqali dunyo bo‘ylab yuzlab mahalliy, milliy va xalqaro miqyosdagi ommaviy axborot vositalariga egalik qiladi. Britaniyadagi The Sun va The Times, Avstraliyadagi The Daily Telegraph, Herald Sun va The Australian, AQShdagi The Wall Street Journal, New York Post va HarperCollins (nashriyot) shular jumlasidan.
Myordok 1996 yilda asos solgan Fox News AQShda eng ko‘p ko‘riladigan yangiliklar telekanali sanaladi. U, shuningdek, Avstraliyadagi Sky News Australia telekanaliga ham egalik qiladi. 2018 yilgacha Britaniyaning Sky media va kommunikatsiyalar konglomerati, 2019 yilgacha Amerikaning 21st Century Fox videomahsulotlar konglomerati ham Rupert Myordokka tegishli edi.
Forbes'ning so‘nggi reytingiga ko‘ra, Rupert Myordok va uning oilasi 17,1 mlrd dollar qiymatdagi boylikning egasi sifatida dunyodagi 99-eng badavlat odam sanaladi.
Mediamagnatning iste’fosi Fox korporatsiyasi uchun muammoli yilga to‘g‘ri kelmoqda. Korporatsiya aprel oyida Dominion kompaniyasiga 787,4 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. Elektron ovoz berish tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi bu kompaniya AQShdagi 2020 yilgi prezidentlik saylovining Fox tomonidan yoritilishidagi xatolarni deb uni sudga bergan edi.
Ayni paytda Fox News ustidan yana bir ish bo‘yicha huquqiy jarayonlar ketyapti. Ovoz berish texnologiyasini yetkazib beruvchi yana bir firma –Smartmatic telekompaniyadan bundan-da ulkan summa – 2,7 mlrd dollar undirmoqchi.

Otasining o‘rnini egallaydigan Laklan Myordok – 1971 yilda tug‘ilgan, Rupertning ikkinchi o‘g‘li. U 21st Century Fox kompaniyasining tashkil etilishida katta hissa qo‘shgani aytiladi. U Fox'ning moliyaviy jihatdan ommaviy kompaniyaga aylanish jarayoniga rahbarlik qilgan. Faoliyati davomida jahonning taniqli nashrlarida investitsiyalar va tashkiliy masalalar bo‘yicha ishlab tajriba orttirgan. Australian Financial Review uning shaxsiy kapitalini taxminan 3,3 mlrd dollarga baholagan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi
O‘zbekiston | 12:50
-
Xitoy banki O‘zbekistonga IT'ni rivojlantirish uchun 500 mln dollar ajratadi
Iqtisodiyot | 12:40
-
To‘rt nafar instablogerga onlayn qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun chora ko‘rildi
Jamiyat | 12:38
-
Rossiyaning Kiyev va mintaqaga hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Jahon | 12:30
Mavzuga oid

12:20
Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolariga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi

12:08
AQSh vitse-prezidenti Vens: Biz Eron bilan urishayotganimiz yo‘q

10:41
Ekspertlar Fordoga jiddiy zarar yetganini ma’lum qilyapti

08:41