Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Zelenskiyga ATACMS raketalari partiyasini va’da qildi
Yetkazib berish aynan qachon boshlanishiga aniqlik kiritilmagan.
AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiyga Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ATACMS operativ-taktik raketalarining kichik partiyasini yuborishini aytgan. Bu haqda NBC News telekanali o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Telekanal suhbatdoshi raketalar qachon yetkazib berilishi va bu haqda qachon rasman xabar berilishiga aniqlik kiritmagan.
O‘z navbatida, The Washington Post Bayden ma’muriyati Kiyevga ATACMS raketalarining oddiy variantini emas, kassetali jangovar kallakka ega variantini yuborishga yaqin ekani haqida xabar bergan.
- Ukraina uzoq masofaga yetib boruvchi ATACMS raketalarini ko‘p oylardan buyon so‘rab keladi. Ularning harakatlanish radiusi — 300 kilometrni tashkil etadi; Kiyev ularni Rossiyaning xalqaro tan olingan hududlaridagi nishonlarga qo‘llamaslikni va’da qilgan.
- Bayden va Zelenskiy 21 sentabr kuni Oq uyda uchrashdi. Ukraina prezidenti keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon ikkinchi bor AQShga keldi. OAV ushbu uchrashuv yakunlariga ko‘ra ATACMS raketalari yetkazib berilishi to‘g‘risida rasman e’lon qilinishini kutgandi, ammo bunday bo‘lmadi.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
09:50 / 04.07.2026