Avgust oyida dunyoda rekord darajada issiq ob-havo sharoiti qayd etildi
Avgust oyida sayyoradagi o‘rtacha global harorat XX asrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,25 darajaga yuqori bo‘lgan.

Foto: Reuters
2023 yil avgust oyi global ob-havo kuzatuvlari tarixidagi, ya’ni so‘nggi 174 yildagi eng issiq oy bo‘ldi. Bu haqda AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, avgust oyida sayyoradagi o‘rtacha global harorat XX asrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,25 darajaga yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, isish global miqyosda edi: shimoliy yarim sharda yoz issiqroq, janubiy yarimsharda qish issiqroq bo‘ldi.
Bularning barchasi butun dunyo bo‘ylab bir qator ob-havo ofatlari bilan birga qayd etildi. Jumladan, avgust oyida 19 ta yirik po‘rtana/to‘fon/bo‘ron yuz berdi.
AQSh hududida avgust oyi 3-toifali «Idalia» to‘foni va Havayidagi dahshatli o‘rmon yong‘inlari bilan esda qoldi. Janubiy Kaliforniyada tarixdagi birinchi tropik po‘rtana sodir bo‘ldi.
Olimlarning ta’kidlashicha, 2023 yil 2016 yildan keyin insoniyat tarixidagi eng issiq yoki ikkinchi eng issiq yil bo‘ladi. Atmosferaga qo‘shimcha issiqlik chiqaradigan va o‘rtacha issiq yillar bilan bog‘liq bo‘lgan «El-Ninyo» iqlim sharoiti shimoliy yarim sharda butun qish davom etishi kutilmoqda.
«Biz iliq ob-havo 2023 yil oxirigacha davom etishini kutmoqdamiz. 2024 yil 2023 yildan ham issiqroq bo‘lishi mumkin», dedi olimlar.
Avvalroq, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish «global isish davri tugadi, global qaynash davri keldi», dedi va jahon hamjamiyatini falokatga yo‘l qo‘ymaslik uchun iqlim o‘zgarishiga qarshi tezkor va radikal choralar ko‘rishga chaqirgan edi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

18:42 / 13.05.2025
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov

21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

11:17 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi

22:45 / 03.05.2025