Liviyada dahshatli suv toshqini ortidan 8 nafar mulozim hibsga olindi
Suv toshqini oqibatida 11 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Foto: Jamal Alkomaty/AP Photo/picture alliance
Liviya bosh prokurori 25 sentabr kuni 8 nafar amaldorni hibsga olishni buyurdi. Ular Derna shahrini suv ostida qoldirgan va minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan ikkita to‘g‘on qulashi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi tergovi doirasida ushlandi.
Hibsga olinganlar orasida Derna meri Abdulmunaym al-Haitiy, shuningdek, Suv xo‘jaligi boshqarmasi va To‘g‘on boshqarmasi xodimlari bor. Ular xizmat vazifasiga beparvolik va ish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda.
Liviyaning shimoli-sharqida kuchli yomg‘irlar oqibatida Derna shahri yaqinidagi 2 ta to‘g‘on vayron bo‘lgan va dahshatli suv toshqinini keltirib chiqargan edi. Oqibatda, shaharning katta qismi zarar ko‘rdi, minglab odamlar suvga g‘arq bo‘ldi va dengizga oqib ketdi.
Qayd qilinishicha, to‘g‘onlar 1970-yillarda sobiq Yugoslaviya kompaniyasi tomonidan shaharni ikkiga bo‘lib turgan daryo vodiysi ustida qurilgan. 2007 yilda turk firmasi ikkita to‘g‘onga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Davlat audit agentligining 2021 yilgi hisobotida aytilishicha, 2012 va 2013 yillarda to‘g‘onlarning holatini yaxshilash uchun 2 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, ishlar bajarilmagan. Mutaxassislar to‘g‘onni ta’mirlash zarurati haqida bir necha bor, shu jumladan o‘tgan yili ham ogohlantirgan edi.
15 sentabr kuni berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini qurbonlari soni 11 ming kishidan oshgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

16:59 / 09.05.2025
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj

22:49 / 08.05.2025
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov

21:25 / 08.05.2025