Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sinoptiklar oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi
Respublika bo‘yicha harorat kechalari +10...+15 daraja iliqdan +3...+8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +23...+28 darajadan +13...+18 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Foto: Kun.uz
Kuzning birinchi oyi - sentabr oxiriga yetib kelmoqda. Ko‘pincha kuzatilganidek, ushbu yilning sentabr oyi juda qulay harorat foni bilan quruq bo‘ldi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bu yilning oktyabr oyi ham quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi.
Oyning birinchi haftasida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab havo harorati +11...+16 daraja atrofida bo‘lgan salqinlik his etiladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni +23...+28 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +30 darajagacha isitadi.
Keyinchalik oyning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha harorat kechalari +10...+15 daraja iliqdan +3...+8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +23...+28 darajadan +13...+18 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida oy ikkinchi yarmida kechasi va ertalab -0...-3 daraja sovuqqacha kuzatilishi mumkin. Bunday harorat oktyabr oyining iqlimiy me’yoriga yaqindir.
Oktyabr oyida yomg‘irlar birinchi o‘n kunlikning oxirida, shuningdek ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida kutilmoqda.
Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik oktyabr oyida 4 kundan 8 kungacha, respublika eng chekka janubida 1 kundan 3 kungacha kuzatiladi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo havoda keskin sovuq kuzatilganda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.
Mavzuga oid
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026
Haqiqiy qish havosi – yanvar oxirida qanday ob-havo kutilmoqda?
12:10 / 19.01.2026
Hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
15:04 / 16.01.2026