Yong‘in vaqtida qanday harakatlanish kerak?
• Og‘iz va burunni mato bilan yoping, imkoni bo‘lsa nam mato bilan;
• Yong‘indan uzoqlashing;
• Ko‘p qavatli uyda bo‘lsangiz, liftdan foydalanmang;
• Oynani ochib, oshiqcha kislorodning xonaga kirishiga yo‘l qo‘ymang, aks holda portlash sodir bo‘lishi mumkin;
• Yonuvchan suyuqliklarni (benzin, kerosin va boshqalar), shuningdek, elektr energiyasiga ulangan yonib turgan elektrjihozlarni suv bilan o‘chirmang.
101 — o‘t o‘chiruvchilarga xabar berish tartibi:
• Yong‘in chiqqan manzilni aniq ayting;
• Yong‘in obektini ayting (uyda, kvartirada, omborxonada va hokazo);
• Yong‘in predmetini ayting (lift, televizor, avtomobil, muzlatkich va hokazo)
• Zarur bo‘lsa — pod’yezd va xonadon raqami, binoning qavat, hududga qayerdan borish/kirish qulayligini ham bildiring;
• Familiyangiz va telefon raqamingizni qoldiring;
• Aniq va xotirjam gapiring.
Xona ichida, ko‘p qavatli bino yoki odam gavjum joyda yong‘in chiqsa:
• Agar yong‘in katta bo‘lmasa, uni istalgan mavjud vositalar yordamida o‘chirishga harakat qiling: o‘t o‘chirgich, istalgan zich mato, qum, suv va boshqalar;
• Elektr simlari bilan bog‘liq yong‘in chiqsa, maxsus shitdan ta’minotni uzing;
• Qo‘shni xonadagilarni, xodimlarni yong‘indan ogohlantirib, evakuatsiyaga chorlang;
• Gazni o‘chiring;
• Elektrjihozlarni ta’minotidan uzing;
• Chiqib ketish imkoni bo‘lsa, yong‘in maydonini tark eting;
• Keksalar va yoshlarga yong‘in hududini tark etishga ko‘maklashing;
• Pod’yezd yoki koridor tutun bilan to‘lishni boshlasa, chiqish eshigiga emaklagan holda boring;
• Xavfsiz joyni tanlang;
• Agar xonadan zinapoya orqali chiqish imkoni bo‘lmasa, xona tutun bilan to‘lmasligi uchun eshikni ichkaridan nam mato bilan yoping;















