Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston xavfsizlik kengaşlari kotiblari, şuningdek, Turkmanistonning Toşkentdagi elçixonasi harbiy attaşesi Samarqandda bölib ötgan yiğilişda Markaziy Osiyoda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş masalalarini muhokama qildi.
Tadbir Özbekistonning raisligi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari formatida bölib ötdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev forum iştirokçilariga tabrik yölladi. Unda Markaziy Osiyo yaxşi qöşniçilik, özaro işonç va konstruktiv muloqot tamoyillariga asoslangan strategik şeriklik mintaqasiga aylanib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuviga raisligida global xavfsizlikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştiriş, transport aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, mamlakatlar oldida turgan dolzarb masalalarning barqaror yeçimlarini birgalikda izlaşga qaratilgan mintaqaviy şeriklik kun tartibini ilgari suradi, deyiladi xabarda.
Iştirokçilar mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm, radikallaşuv va transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlaş sohasidagi hamkorlik, şuningdek, Markaziy Osiyoda transport xavfsizligini ta’minlaş hamda transport-tranzit salohiyatini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.











