Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston va YeI mudofaa va xavfsizlikda hamkorlik bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlayapti
Ararat Mirzoyan Yerevanda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kalas bilan uchrashdi.
Armaniston va Yevropa Ittifoqi xavfsizlik va mudofaa sohasida maslahatlashuvlarni boshladi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Yerevanda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kalas bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi «Armenpress».
«Mudofaa va xavfsizlik sohasida maslahatlashuvlarning boshlanishi hamkorligimiz doirasini zamonaviy chaqiriqlarga moslashtirish va ularni yengish uchun qo‘shimcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Shu nuqtayi nazardan, Armanistonning barqarorligini mustahkamlash, demokratik institutlarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikni alohida ta’kidlamoqchiman», - dedi AR tashqi ishlar vaziri.
Mirzoyan yuqorida aytilgan fikrlar kontekstida Yevropa Ittifoqining Armanistondagi monitoring missiyasi faoliyatini ham qayd etilgani va Yevropa tinchlik jamg‘armasi doirasida Armanistonga yordam ko‘rsatish muhokama qilinganini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
16:23 / 11.06.2026