Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya samolyotining O‘zbekistonga parvozi hibsga olinish xavfi tufayli kechiktirildi
Rossiyaning S7 aviakompaniyasi samolyotlari hibsga olinish xavfi tufayli Tailand, BAA va O‘zbekistonga parvozlarni kechiktirdi.
Foto: Kommersant’
S7 Airlines aviakompaniyasi samolyotlari hibsga olinish xavfi tufayli bir nechta xorijiy reyslarni kechiktirdi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Rossiya aviatashuvchisi Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va O‘zbekistonga parvozlarini boshqa sanaga qoldirgan. «Aviakompaniya Rossiya rasmiylaridan ayrim xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun ruxsat kutmoqda», dedi S7 vakili.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Irkutskdan Bangkokka, Novosibirskdan Dubayga va Moskvadan Urganchga parvozlar 30 sentabr kuni soat 00:00 gacha kechiktirilgan. S7 vakilining qo‘shimcha qilishicha, vaqti o‘zgartirilgan reyslar yo‘lovchilari jadvaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilinadi va zarur xizmatlar ko‘rsatiladi.
Avvalroq «Rosaviatsiya» havo transporti federal agentligi mahalliy aviakompaniyalarga Davlat transport lizing kompaniyasi (DTLK) samolyotlarida boshqa mamlakatlarga uchmaslikni tavsiya qilgan edi. Ta’kidlanishicha, DTLK xorijiy shu’ba korxonalarining havo kemalarini bankrotlik ishi doirasida musodara qilinishi xavfi mavjud. Biroq, Turkiya va Belarusga parvozlar uchun istisnolar mavjud.
S7 aviakompaniyasi parki faqat xorijda ishlab chiqarilgan Boeing, Airbus, Embraer samolyotlaridan tashkil topgan.
Mavzuga oid
21:59 / 06.02.2026
Rossiya Eronga kamida 4,4 milliard dollar naqd pulni yashirin yetkazdi – OAV
09:04 / 03.02.2026
Aviatsiya kadrlari tayyorlash tizimi yangilanadi: universitet va texnikum tashkil etiladi
18:36 / 02.02.2026
Navoiy xalqaro aeroportida aviatsiya xizmatlari eksportini oshirish vazifalari belgilandi
21:44 / 28.01.2026