Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi qoldirildi – OAV
Muammo moliyaviy mablag‘larga taqalgani, shuningdek, loyiha asosiy sarmoyador Xitoy uchun ustuvor bo‘lmay qolgani aytilmoqda.
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘l liniyasi qurilishi noma’lum muddatga qoldirildi. Shu yilning kuzida boshlanishi kerak bo‘lgan loyiha asosiy sarmoyador Xitoy uchun ustuvorligini yo‘qotgan. Bu haqda Trans-Yevrosiyo tashuvlari bo‘yicha xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengash bosh kotibi Gennadiy Bessonov ma’lum qildi.
«Loyiha tayyor, ammo Pekin, Bishkek va Toshkent hozircha pul masalasida, aniqrog‘i uni moliyalashtirish nisbati bo‘yicha kelisha olmayapti. Bu uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Qirg‘iziston va O‘zbekistonda loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘q. Xitoy hamma narsani o‘z zimmasiga olishi mumkin, ammo ushbu temir yo‘li bugungi kunning ustuvor yo‘nalishi emas. Bu loyiha yuklarni Yevropaga yetkazib berish uchun mo‘ljallanmagan, chunki hozir Trans-Sibir temir yo‘li va Do‘stlik (Qozog‘iston) - Orenburg - Brest yo‘nalishi bo‘yicha poyezdlar qatnovi mavjud. Markaziy Osiyoning barcha respublikalarida transport loyihalari haqida juda ko‘p bahs-munozaralar ketmoqda, hamma yuk tashuvchi markazga aylanishni istaydi, biroq, hammasi pulga bog‘liq», dedi u.
454 kilometrlik «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li loyihasi Xitoy va O‘zbekiston temiryo‘llarini Qirg‘iziston orqali bog‘lash, so‘ngra ularni «Yangi Ipak yo‘li» transport tizimining bir qismi sifatida Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Yevropa temiryo‘llari tarmog‘i bilan bog‘lashni maqsad qilgan edi.
Qayd qilinishicha, ushbu loyihada qandaydir zamonaviy texnologiyalar yutug‘i yo‘q: temiryo‘l bir izli va elektrlashtirilmagan bo‘ladi. Demak, Xitoy tovarlarini Yevropaga yetkazishda zaif bo‘g‘inga aylanadi.
2003 yilda Xitoy temiryo‘l liniyasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun 20 million yuan (2,4 million AQSh dollari) ajratdi. Temiryo‘lning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqqan xitoylik mutaxassislar yangi yo‘nalishning bir qator afzalliklarini qayd etdilar: yangi temiryo‘l mavjud transport yo‘lagidan 900 kilometr qisqaroq, temiryo‘l qurilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish va ularning dengiz portlariga qulay chiqishini ta’minlaydi.
Hukumatlararo kelishuvlarga ko‘ra, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini Xitoyning China National Machinery Import & Export Corporation (CNMIEC) kompaniyasi amalga oshirishi kerak edi.
Ta’kidlanishicha, muammo faqat pulda emas: bir necha milliard dollar Xitoy uchun muammo tug‘dirmaydi. Ammo geosiyosiy qo‘shnilarni aylanib o‘tuvchi temiryo‘l qurilishi tufayli Qozog‘iston va Rossiya bilan munosabatlarning muqarrar ravishda yomonlashishi — hozirgi kunda Xitoyga kerak bo‘lmagan boshog‘rig‘i.
Nashrning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning Osiyoga nisbatan o‘sib borayotgan ekspansiyasi fonida vaziyat birmuncha beqaror bo‘lib qoldi, bu esa Pekinga ta’sir qiladi. Qo‘shma Shtatlar bilan Tayvan bo‘yicha vaziyat muammosi Xitoy rahbariyati uchun tobora real bo‘lib bormoqda va kuchayib borayotgan keskinlashuv sharoitida har bir ittifoqchi muhim ahamiyatga ega. Bu borada Rossiya Xitoyni qattiq qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa hamma uchun tushunarli.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezidentlar nega qasamyod qiladi?
Jahon | 23:29 / 21.01.2025
-
Samarqandda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 23:18 / 21.01.2025
-
Lukashenko Belarusda internetni cheklamaslikka va’da berdi
Jahon | 23:10 / 21.01.2025
-
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Mavzuga oid
20:24 / 21.01.2025
Xitoy moliya bozorlarida – navbatdagi inqiroz
17:37 / 21.01.2025
Xitoyda talabalarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs qatl etildi
12:58 / 21.01.2025
Xitoyda dunyoda birinchi bo‘lib robotlar va insonlar o‘rtasida marafon o‘tkaziladi
22:48 / 20.01.2025