Olimlar bulutlarda mikroplastmassa topdi, bu iqlimga va odamlar salomatligiga ta’sir qilishi mumkin
Ushbu plastik zarralar tanamizdagi tabiiy gormonlar ishlab chiqarishni buzadigan kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi, bu reproduktiv kasalliklar va saratonning ayrim turlari xavfini oshiradi.

Foto: iStock
Mikroplastmassalar bizning atrofimizda - ovqatimizda, suvimizda va hatto havoda. Endi olimlar uning bulutlarga yetib borganini va ularning shakllanishiga, dunyo iqlimiga ta’sir qilishi mumkinligini aniqladilar.
Environmental Chemical Letters jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, olimlar Yaponiyaning Fudzi va Oyama tog‘larini o‘rab turgan va 1300-3776 metr balandlikda bo‘lgan bulutlardan suv yig‘ishdi. Tahlillar ularning tarkibida mikroplastmassa borligini ko‘rsatdi.
Qayd qilinishicha, mikroplastmassa konsentratsiyasi litriga 6,7 dan 13,9 donagacha, o‘lchami esa 7,1 dan 94,6 mikrometrgacha bo‘lgan. Hammasi bo‘lib to‘qqiz xil turdagi plastik polimer va bir turdagi kauchuk-rezina aniqlangan. Ushbu mikroplastmassalarning aksariyati suv bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan molekulalarni o‘z ichiga oladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ular bulut shakllanishida rol o‘ynashi mumkin.
Ilmiy jihatdan bu «bulutlarning kondensatsiya yadrosi» deb ataladi va u butun dunyo bo‘ylab ob-havo sharoitlariga ta’sir qilishi mumkin.
«Erkin troposferada mikroplastmassa ko‘chib yuribdi va global ifloslanishga hissa qo‘shadi. Havoning plastik ifloslanishi muammosi hal etilmasa, iqlim o‘zgarishi va ekologik xavflar haqiqatga aylanib, kelajakda atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishi mumkin», dedi tadqiqot ishtirokchilaridan biri, Vaseda universiteti vakili Xiroshi Okotchi.
Ushbu kashfiyot yomg‘ir suvida mikroplastmassalar mavjudligini ko‘rsatadigan oldingi tadqiqotlarni to‘ldiradi. Masalan, 2020 yilda Yuta universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har yili 1000 tonnadan ortiq plastik zarralar AQSh janubi-markazidagi qo‘riqlanadigan hududlarga tushadi.
Vaseda universiteti tadqiqot haqidagi bayonotida «mikroplastmassa ham odamlar, ham hayvonlar tomonidan yutiladi yoki nafas yo‘li orqali o‘pkaga o‘tib, yurak va qonda, yo‘ldosh va najasda topiladi» deb ta’kidlamoqda.
Mikroplastmassa - bu uzunligi 5 millimetrdan kam bo‘lgan har qanday plastmassa bo‘lib, uni sanoat chiqindilari va kosmetika mahsulotlarida topish mumkin, shuningdek, kattaroq plastik chiqindilar parchalanganda ham hosil bo‘ladi.
Ushbu plastik zarralar tanamizdagi tabiiy gormonlar ishlab chiqarishni buzadigan kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi, bu reproduktiv kasalliklar va saratonning ayrim turlari xavfini oshiradi. Shuningdek, ular yuzasida og‘ir metallar kabi toksinlarni olib yurishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

21:49 / 03.06.2025
Olimlar mikroplastik inson vujudiga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

17:37 / 13.05.2025
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida

20:33 / 28.04.2025