Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston o‘z hududidagi teraktlarga Hindiston aloqadorligini gumon qilmoqda
Pokiston ichki ishlar vaziri so‘zlariga ko‘ra, o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan portlashlarga Hindiston razvedkasi aloqador.
Hindiston razvedka xizmati RAW 29 sentabr kuni Pokistonning Balujiston va Xaybar-Paxtunxva provinsiyalarida sodir etilgan teraktlarga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pokiston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sarafroz Bugtiyga ma’lum qildi.
«Balujistondagi barcha yirik mojarolar RAW va Pokistondagi vaziyatni beqarorlashtirishga intilayotgan kuchlar bilan bog‘liq (...) RAW xudkushlik hujumini amalga oshirgan shaxs bilan aloqador», dedi Bugtiy matbuot anjumanida.
U, shuningdek, Pokistonda faoliyat yuritayotgan jangari guruhlarni nishonga olishga va ularning qarorgohlarini yo‘q qilishga va’da berdi.
28 sentabr kuni Balujistondagi masjid yaqinida sodir etilgan teraktda kamida 60 kishi halok bo‘lgan edi. Portlash Mastung shahrida, aholi Mavlud bayramini nishonlash uchun masjidga yig‘ilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Hujumni xudkush-terrorchi amalga oshirgani taxmin qilinmoqda.
29 sentabr kuni mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Xangu shahridagi politsiya bo‘limiga qarashli masjidda yana bir portlash sodir bo‘ldi. Oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan.
Balujiston va Xaybar-Paxtunxvadagi hujumlar uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi.
Sentyabr boshida xuddi shu hududdagi portlash oqibatida 11 ga yaqin kishi jarohatlangan edi.
2018 yil iyul oyida Mastungdagi portlash oqibatida 130 ga yaqin odam, jumladan, siyosatchi Navabzoda Siroj Raysoniy halok bo‘lgan va 200 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
17:36 / 25.05.2026