Ispaniyada tungi klubdagi yong‘in 11 kishini hayotdan olib ketdi
Ispaniya janubi-sharqidagi Mursiya shahridagi tungi klubda yong‘in ro‘y berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.

Foto: 112 REGIÓN DE MURCIA
Yong‘in mahalliy vaqt bilan 1 oktyabr kuni soat ertalabki 6 atrofida Atalayas tumanida joylashgan Teatre tungi klubida ro‘y bergan.
Rasmiylarning xabar berishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin. Favqulodda xizmatlar bedarak ketgan bir necha kishi qidirilayotgani haqida ma’lum qilgan.
«Biz dahshat ichidamiz», — degan Mursiya meri Xose Balesta Ispaniyaning 24h telekanali efirida. U shaharda uch kunlik motam e’lon qilgan.
Merning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida klubda bo‘lganlarning yaqinlari to‘plangan.
Yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas, ammo olov klub hali mijozlar uchun ochiq turganida tarqalgan.
Mursiya o‘t o‘chirish xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirilgan kadrlarda o‘t o‘chiruvchilar klub ichini qamrab olgan yong‘inga qarshi qanday kurashayotgani aks etgan. Olov tom binosini to‘liq yakson etgan.
Favqulodda xizmatlarga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar soat 08:00 atrofida ichkariga kirishga muvaffaq bo‘lishgan va to‘rt jasad ustidan chiqishgan, taxminan 40 daqiqa o‘tib — yana ikki jasad topilgan.
To‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan – ular is gazidan zaharlangan. Mahalliy sport kompleksida jabrlanganlar uchun konsultatsiya tashkil etilgan.
Mursiya meriyasi hodisadan «chuqur afsusdaligi»ni bildirib, jabrlanganlar uchun hamdardlik izhor etgan.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025