Yaponiyada Abe o‘limi mojarosiga aloqador diniy firqa tarqatib yuboriladi
Hukumat sobiq bosh vazir Sindzo Abe o‘ldirilishi bilan bog‘liq mojaroga aloqador diniy firqa faoliyatini sud orqali tugatmoqchi.

Foto: Reuters
Yaponiya hukumati tez orada «Birlashtirish cherkovi» diniy tashkilotini tarqatib yuborishni talab qilib, sudga murojaat qiladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Kyodo xabar berdi.
Qaror «shubhali amaliyotlar», shuningdek, tashkilot bilan ehtimoliy aloqalari uchun o‘ldirilgan sobiq bosh vazir Sindzo Abe tufayli qabul qilingan.
Kyodo manbasiga ko‘ra, hukumat hujjatlarni 12 oktyabrgacha tayyorlab, keyin Tokio sudiga da’vo arizasini topshirishni rejalashtirgan. Hujjatlarda «katta xayriya mablag‘lari olish» «Birlashtirish cherkovi» tomonidan bosim o‘tkazilgani haqida xabar bergan jabrdiydalarning ma’lumotlari mavjud.
Bu harakatlar Yaponiyaning diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunini buzish sifatida baholanmoqda. Sud bunday tashkilotning «jamoat farovonligiga jiddiy zarar yetkazgani» isbotlansa, tarqatib yuborishi mumkin.
«Birlashtirish cherkovi» 1954 yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan. Uning butun dunyo bo‘ylab 5 milliondan 7 milliongacha a’zosi bor. Agar u Yaponiyada tarqatib yuborilsa, diniy tashkilot maqomini yo‘qotadi va soliq imtiyozlaridan mahrum bo‘ladi, lekin yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita oladi.
Sindzo Abe 2022 yil 8 iyulda omma oldida nutq so‘zlaganida otib o‘ldirilgan. Qotillikda gumonlanayotgan Tetsuya Yamagami bosh vazirni o‘z oilasini «bankrot qilgan» «Birlashtirish cherkovi» bilan aloqador deb hisoblagan. Qayd qilinishicha, Yamagamining onasi tashkilotga 670 ming dollar xayriya qilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

20:48 / 22.04.2025
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi

22:43 / 15.04.2025
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi

00:20 / 12.04.2025
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi

23:08 / 11.04.2025