Rossiya, YeI va AQSh o‘rtasida Qorabog‘ bo‘yicha yashirin muzokara o‘tkazildi – OAV
Muzokaralar Ozarboyjonning harbiy amaliyotidan oldin o‘tkazilgani aytilmoqda.
Ozarboyjon harbiy amaliyoti boshlanishidan bir necha kun oldin Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqining yuqori martabali diplomatlari Turkiyada Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha maxfiy uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda Politico yozdi.
Qayd qilinishicha, uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ blokadasini bekor qilish, oziq-ovqat va yoqilg‘i yetkazib berishni qayta tiklash masalalari muhokama etilgan.
Rossiyadan muzokaralarda Tashqi ishlar vazirligining Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha maxsus vakili Igor Xovayev, AQSh tomonidan Kavkaz bo‘yicha katta maslahatchi Luis Bono ishtirok etgan. Yevropa Ittifoqi tomonidan Janubiy Kavkaz va Gruziya inqirozi bo‘yicha maxsus vakil Toyvo Klaar qatnashgan.
Nashr ta’kidlaganidek, bu Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiya, AQSh va YeI diplomatlari o‘rtasidagi kamyob uchrashuvdir. Nashr manbasining tushuntirishicha, Kreml mintaqada hamon ta’sir kuchiga ega va Qo‘shma Shtatlar bu kabi masalalarda Rossiya bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri keladi.
Oq uy Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha uchrashuv haqida rasman izoh berishdan bosh tortdi, biroq uni inkor ham etmadi.
19-20 sentabr kunlari Ozarboyjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ hududini «aksilterror choralari» natijasida to‘liq nazoratga oldi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi 2024 yil 1 yanvardan o‘z faoliyatini to‘xtatadi – bu farmonni uning prezidenti Samvel Shahramanyan imzolagan. Qorabog‘ qurolli kuchlari ham tarqatib yuborildi.
Tog‘li Qorabog‘da yashagan 125 mingga yaqin aholining ko‘pchiligi hududni tark etib, Armanistonga o‘tdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada ulardan 50 dan 1000 ga yaqin arman qolgan.
Mavzuga oid
15:58 / 01.11.2024
Ozarboyjonga safar: Kavkaz Hirosimasiga aylangan Ag‘dam
18:47 / 29.10.2024
Xalqaro yirik iqlim sammiti Ozarboyjonda o‘tadi: COP29’dan nimalar kutilyapti?
11:20 / 23.10.2024
BMT: Ozarboyjon iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dunyodagi eng yirik yillik uchrashuvga mezbonlik qilishga tayyor
08:00 / 18.10.2024