Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» 200 ga yaqin afg‘onni jodugarlikda ayblab hibsga oldi
Ularning ishi sudga oshirilgani aytilmoqda.
Foto: AFP
«Tolibon» hukumatining Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi tomonidan 200 ga yaqin odam jodugarlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda TOLO News xabar berdi. Birgina Kobul shahrida 67 kishi ushlangan.
Departament rasmiy vakili Akif Mahajarning aniqlik kiritishicha, Afg‘oniston viloyatlarida hibsga olingan «jodugarlar» soni yuz kishidan oshgan, ular orasida ayollar ham bor.
Unga ko‘ra, barchasining ishi allaqachon shariat sudlariga o‘tkazilgan. Hibsga olinganlar aynan nima bilan shug‘ullangani haqida ma’lumot berilmagan.
«Tolibon» hokimiyatni qo‘lga kiritgach, mamlakatda islomiy jinoyat huquqini tikladi. 2022 yilda «Tolibon» oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda afg‘on sudyalari bilan uchrashuvda ularni shariatga muvofiq qaror chiqarishga undagan edi.
Mavzuga oid
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
17:02 / 27.02.2026
Pokiston toliblar hukumati bilan «ochiq urush» boshlanganini e’lon qildi
11:21 / 27.02.2026
Germaniya 20 nafar Afg‘oniston fuqarosini deportatsiya qildi
16:41 / 22.02.2026