Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden ma’muriyati Meksika chegarasidagi «Tramp devori»ni uzaytiradi
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi 4 oktyabr kuni migrantlarning mamlakatga noqonuniy kirib kelishini oldini olish uchun Meksika bilan chegaradagi mavjud devorni uzaytirishini ma’lum qildi.
Gap AQSh prezidenti Donald Tramp davrida Texas shtatida qurila boshlangan devorni yana 27,4 kilometrga uzaytirish haqida ketmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Departament xabariga ko‘ra, «hozir mamlakatga noqonuniy kirishning oldini olish uchun Qo‘shma Shtatlar chegarasi yaqinida to‘siqlar va yo‘llar qurishga jiddiy va shoshilinch ehtiyoj bor». Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 245 mingdan ortiq migrant Meksika chegarasi orqali Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy kirishga uringan.
Prezident Jozef Bayden o‘zining 2020 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida mamlakatga kirish punktlarida chegara xavfsizligiga e’tibor qaratishini aytgan edi. Ammo Donald Trampning chegara bo‘ylab devor qurish bo‘yicha urinishlarini masxara qildi va uni samarasiz deb atadi. «Agar u saylansa devorning bir futi ham qurilmaydi», degan edi Bayden.
Biroq, ichki xavfsizlik departamenti qayd etishicha, devorni uzaytirish majburiy, chunki buning uchun pul Kongress tomonidan 2019 yilda, ya’ni prezident Tramp davrida ajratilgan.
Mavzuga oid
18:30
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026