Jamiyat | 17:00 / 06.10.2023
17273
4 daqiqa o‘qiladi

Sifat va samara mutanosibligi – Immer’da bari mujassam

Maishiy texnikalarga kuchaygan talab ularning tanlovini ham ko‘paytirmoqda. Ma’qul tanlov uchun kerakli tavsiyalar olishda mijoz-xaridorlar va foydalanuvchilar fikri muhim. Sizga shunday fikrlarni taqdim etamiz.

Bugun maishiy texnikalarsiz xonadonning o‘zi yo‘q. Odamlar vaqtlarini imkon qadar tejash, o‘z salohiyatidan samaraliroq foydalanishga harakat qilmoqda. Xaridorlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, ko‘pchilik maishiy texnika tanlashda uning sifati, qulayligi va albatta narxlariga e’tibor qaratadi. Bularning barchasi birga aks etgan Immer brendi mijozlar ishonchini shu tarzda oqladi.

8 yildan buyon o‘zbek maishiy texnika bozorida o‘z o‘rnini topa olgan Immer brendi ostida eng mayda maishiy texnikadan tortib, eng katta jihozlargacha yetkazib beradi.

Immer texnikalari o‘z tejamkorligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi. Barcha turdagi texnikalar uchun servis kafolati mavjud. Kichkina maishiy texnikalarga 1 yil, muzlatkich, gaz plitasi kabi katta texnikalarga 3 yilgacha servis kafolati bor. Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud.

Maishiy texnika do‘konlarida sotuvchilar bu brendning asosiy xususiyatlari ularning narxlarida ekanini ta’kidlashdi:

«Immer mahsulotlarini 2015 yildan beri sotamiz. Qolgan brendlar bilan solishtirganda, sifatdan yutqazmaganmiz. Eng yaxshi mahsulotlar jamlanadi bizda, barchasining kafolati bor. Immer konditsionerlarida yangilik bo‘ldi bu yil, ya’ni arzon narxda havo tozalovchi, Wi-Fi tizimlari qo‘shilgan. Kir mashinalarda bir qancha funksiyalar qo‘shilgan arzon narxlarda.

Ko‘pchilik energiya tejamkor mahsulot so‘ragani uchun biz ham shu talablar bo‘yicha texnikalar olib kelyapmiz. Barchasi bugungi kun talablariga javob beradi».

Immer maishiy texnikalari aholi ehtiyojlarini qondirishda yangicha yondashuv bilan kirib kelmoqda. Har qanday toifadagi mijozlar uchun narxlar mutanosibligini ta’minlash muhim hisoblanadi.

«Tejamkorlik juda muhim sanaladi hozir. Deyarli barcha xaridorlar birinchi o‘rinda shuni so‘raydi. Xalqimiz nima xohlayotgan bo‘lsa, barchasini taqdim etdik. Tanlash imkoniyati keng. Deylik, pastroq maosh oladigan odam bizdan mahsulot ololmasdan ketmasligi kerak, shunday sharoit yaratganmiz. Arzon narxlardagi texnikalarimiz bor, faqat dizayni oddiyroq, funksiyalari kamroq bo‘lishi mumkin. Lekin sifatda muammo yo‘q. Ko‘plar o‘ylaydiki, arzon bo‘lsa, sifati past deb. Biz sifatni kamaytirmadik, boshqa yechimlar qildik — dizaynda, logistikada.

Immer'ning birinchi o‘rindagi maqsadi xalqimizni rozi qilish va olgan mahsulotlarini uzoq vaqt ishlatishini xohlaymiz. Eskilardan gap bor-ku, falon vaqtdan beri ishlatamiz, haqqiyam qolmadi deb, bizning mahsulotlaram shunaqa bo‘lishini istaymiz. Qachonlardir o‘sha mahsulotimiz yaroqsiz bo‘lib qolgach, yana shu brenddan olaylik, deyishlarini xohlaymiz. Immer mahsulotlari har bir xonadonga yetib borsa, xursand bo‘lamiz. Eng muhimi texnikalarimiz iloji boricha arzon bo‘lishiga harakat qilamiz. Qimmat ekan, puliga arzirmikan, degan fikr bo‘lishini istamaymiz.

Bugun texnika tanlashda energiya samaradorlikdan chidamlilikkacha, cho‘ntakboplikdan texnik xususiyatlargacha – hammasini hisobga oldik. Vazifamiz oddiy – sizga asosli qaror qabul qilishda yordam berish”, – deydi brend rahbari Javohir To‘laganov.

Sayt: immer.uz
Telegram: t.me/immerchat

Instagram: www.instagram.com/immeruz

Reklama