O‘zbekiston | 08:32 / 07.10.2023
4182
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Isroil siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi 

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Isroil elchisi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Isroil elchisi Zexavit Ben Xillel bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarini yanada rivojlantirishning holati va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, xususan, O‘zbekiston va Isroil Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy jihatlar ko‘rib chiqildi.

5 oktyabr kuni O‘zbekistonning yangi elchisi Jahongir Aminov Isroilga tashrif buyurdi. U 2020-2023 yillarda mamlakat elchixonasini boshqargan Feruza Mahmudova o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid