Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki million kishi yashaydigan G‘azo sektori «zarbalar yomg‘iri» ostida qoldi. Fotosuratlar
Bu yerda yashovchi aholi vaziyat asiriga aylangan. Isroil hukumati bu hududni tark etishga chaqirgan, ammo ularning borar joyi yo‘q.
G‘azo ustida tutun. Fatima Shbair / AP / Scanpix / LETA
7 oktyabr tongida Yaqin Sharqda yangi urush boshlandi. HAMAS harakati Isroil bo‘ylab minglab raketalar uchirishdi, qurollangan guruhlar chegarani buzib o‘tib aholi yashash manzillariga hujum qilishdi, yuzlab kishilar o‘ldirildi va garovga olindi (ular orasida tinch aholi vakillari ham, harbiylar ham bor). Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektori bo‘ylab o‘t ocha boshladi: 9 oktyabrga o‘tar kechasining o‘zida isroilliklarning raketalari 500 dan ortiq nishon bo‘ylab zarba bergan.
G‘azo sektori rasman Falastinning bir qismi sanaladi, ammo Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Falastin muxtoriyati ma’muriyati amalda bu hududni 2007 yildan buyon nazorat qilmaydi, o‘shanda bu hududda hokimiyatni HAMAS harakati a’zolari kuch bilan egallab olishgandi. Uning a’zolari soni aniq emas, ammo bu maksimum o‘n ming kishini tashkil etadi. Butun G‘azo sektorida yashovchi aholi soni — AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining 2020 yil iyulidagi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki million atrofida. Shu bilan birga sektorning jami maydoni — atigi 360 kvadrat kilometrni tashkil etadi, ya’ni bu yer dunyoda aholi eng zich yashovchi hududlardan biri hisoblanadi. HAMAS o‘z harbiy obektlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri aholi yashash uylari, masjidlar, maktablar, shifoxonalar yaqiniga joylashtirgan — qisman shunchaki joy yetishmasligi tufayli, qisman isroillik harbiylar bu nishonlarga zarba berishini qiyinlashtirish maqsadida.
Sektor hududidan chiqib ketish juda qiyin: bu yerda aeroport yo‘q, port Isroil floti tomonidan bloklangan, quruqlik bo‘ylab esa Isroildan tashqari Misr tomon yagona o‘tish yo‘li bor. Ammo Falastin pasporti bilan qaysidir mamlakat hududiga o‘tishning o‘zi bo‘lmaydi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 7 oktyabr kuni HAMASni yo‘q qilishga va’da bergan va G‘azo sektori aholisini «zudlik bilan ketish»ga chaqirgandi — ammo amalda ikki million kishining ketar joyi yo‘q.
Ali Hamad / APA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Yousef Masoud / AP / Scanpix / LETA
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
Ali Jadallah / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ali Jadallah / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Saher Alghorra/ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Mahmoud Fareed / Apaimages / SIPA USA / Scanpix / LETA
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
Haitham Imad / EPA / Scanpix / LETA
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
07:35
Raketa o‘rniga nur: Isroil dunyodagi birinchi jangovar lazerni joylashtirish arafasida
13:42 / 05.12.2025
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
12:51 / 05.12.2025
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
16:58 / 04.12.2025