22:58 / 10.10.2023
6474

Bayden «maxfiy hujjatlar ishi» bo‘yicha tergovda ko‘rsatma berdi 

Tergovni maxsus prokuror Robert Xur olib bormoqda. 

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jozef Bayden mamlakat vitse-prezidenti lavozimida ishlagan vaqtida o‘z ishxonasi va uyida maxfiy hujjatlar saqlagani bo‘yicha ochilgan ish yuzasidan tergovda ko‘rsatma berdi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi. 

Bayonotga ko‘ra, Bayden Oq uyda prokurorlar bilan ixtiyoriy ravishda gaplashgan. Qayd etilishicha, prezident ikki kun davomida prokurorlarning savollariga javob bergan. Savol-javoblar mazmuni xabarda keltirilmagan. 

Avvalroq Oq uy rahbari maslahatchilaridan biri Richard Zauber Baydenning Pensilvaniya universiteti qoshidagi diplomatiya markazidagi shaxsiy kabinetida «maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan oz sonli hujjatlar» topilganini ma’lum qilgandi. 

Zauberning qayd etishicha, hujjatlar Baydenning advokatlari tomonidan 2022 yil 2 noyabrda, AQSh Kongressiga oraliq saylovlar arfasida topilgan. Bayden ushbu kabinetdan 2017-2019 yillarda, hali prezidentlikka nomzodini qo‘ymasdan oldin foydalangan. 

AQSh prezidenti «maxfiy hujjatlar topilganidan hayratda qolganini» aytgan va «ularning mazmunini bilmasligini» ta’kidlagan edi.

Mavzuga oid
Top