Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 oktyabrdan 1 dekabrgacha «Kuzgi daraxt ekish mavsumi» e’lon qilinadi
Uning doirasida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. O‘rmon xo‘jaligi agentligiga har bir mahallaga 200 tadan ko‘chatni bepul yetkazib berish topshirildi. Bundan tashqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko‘chatni mahallalarga bepul tarqatadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida «Yashil makon» kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda «Yashil makon» umummilliy loyihasining amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
Qayd qilinishicha, loyiha boshlanganidan o‘tgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.
Joriy yilda, 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha «Kuzgi daraxt ekish mavsumi» e’lon qilinadi, uning doirasida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, san’atkor va sportchilar, mashhur blogerlar o‘rnak ko‘rsatishi muhimligi ta’kidlandi.
Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, O‘rmonchilik institutlari, o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari ham shtabga a’zo bo‘ladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi ko‘chat turini qancha ekishni belgilab beradi.
Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida ko‘chat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup ko‘chat yetkazib berish topshirildi.
Davlat rahbari kuzgi mavsumida o‘tgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga e’tibor qaratdi. Jumladan, ko‘chat ekishda manfaatdorlikni oshirish lozimligini ta’kidladi.
Bu boradagi vaziyatni o‘zgartirish uchun endi avtomobil, temir yo‘l, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga shartnoma bilan yer toifasi o‘zgartirmasdan bo‘lib berilishi belgilandi.
Yig‘ilishda aholining daraxt ekishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va rag‘batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Bandlik vazirligining Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari bundan buyon mahallalarni o‘ziga yo‘naltirilishi, ular esa bu mablag‘larni daraxt ekish, parvarishlash va tozalik tadbirlariga yo‘naltirishi ta’kidlandi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan ko‘chatni bepul yetkazib berish topshirildi. Bundan tashqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko‘chatni mahallalarga bepul tarqatadi.
Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi ko‘karishini odamlarning o‘zi yaxshi bilishi, shu bois ko‘chat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi aytildi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 13:27
-
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi
Jamiyat | 13:20
-
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi
Ta’lim | 13:14
-
103 xizmati barcha hududiy filiallarida Call-back tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston | 13:12
Mavzuga oid

23:35 / 21.07.2025
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

15:19 / 11.07.2025
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:53 / 09.07.2025