Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BYD Toshkent shahriga 2 mingta elektrobus yetkazib beradi
12 metr uzunlikdagi, past polli BYD K9UD eBus elektrobuslaridan 200 tasini 2024 yilda sotib olishga kelishilgan.
Toshkent shahri hokimligi Xitoyning BYD kompaniyasi bilan 2 ming dona BYD K9UD eBus elektromobilini xarid qilish bo‘yicha hadli bitim imzoladi.
Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, BYD elektrobuslarni mahalliy iqlimga va Toshkent shahrining yo‘l sharoitlariga moslashtirgan holda yetkazib beradi.
K9UD eBus rusumli, shaharlar uchun mo‘ljallangan, past polli elektrobusi 12 metr uzunlikda bo‘lib, 90 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi.
200 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya 2024 yilda yetkazib berilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida BYD rahbariyatidan iborat delegatsiya Toshkentga kelib, O‘zbekiston prezidenti va shahar hokimi bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026