HAMAS Isroilga qarshi hujum 2022 yildan beri tayyorlanganini ma’lum qildi
Guruh Isroilning G‘azoda quruqlikdagi operatsiyasiga tayyorligini bildirmoqda.

Foto: EPA/Vostock-photo
HAMAS harakati Isroilga keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rishni 2022 yilda boshladi va uning jangchilari yangi hujum harakatlariga tayyor. Bu haqda guruhning harbiy qanoti vakili Abu Ubaydaga tayanib Haaretz nashri xabar berdi, deb yozdi Interfax.
«Tashkilot 7 oktyabr kuni amalga oshirilgan kutilmagan hujumga 2022 yildan tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edi», dedi Abu Ubayda.
Uning ta’kidlashicha, HAMAS ushbu operatsiya uchun yashirincha 4,5 ming jangchini tayyorlashga muvaffaq bo‘lgan, shuningdek, G‘azo yaqinidagi Isroil harbiylarining kameralarini ishdan chiqargan. Tashkilot kibermakonda ham harakat qilgan va Isroil hududiga minglab raketalarni uchirgan.
Uning qayd etishicha, HAMAS hozir har qanday ssenariyga, jumladan Isroilning quruqlikdagi operatsiyasiga ham tayyor.
«Biz dushmanning kattaroq yo‘qotishlariga olib keladigan yangi harakatlarni amalga oshiramiz», dedi u.
7 oktyabr kuni G‘azo sektoridan Isroilning janubiy va markaziy hududlariga raketa hujumlari uyushtirildi. Shundan so‘ng, yuk mashinalari va paraplandagi falastinlik jangari guruhlari G‘azodan Isroil hududiga kirib borib, qisqa vaqt ichida bir qator aholi punktlari va hatto harbiy bazalarni nazorat ostiga oldi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Isroil rasmiylari mamlakat urush holatida ekanligini rasman e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
-
Rossiyada mushkul vaziyatda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 08:20
Mavzuga oid

22:36 / 17.05.2025
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi

19:29 / 16.05.2025
Trampning yangi Yaqin Sharq doktrinasi: Isroildan voz kechishmi?

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

09:51 / 15.05.2025