Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temiryo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat beriladi
Ammo yo‘lovchilar platformasi – perronga kirishda ba’zi cheklovlar bo‘ladi.
Endi temiryo‘l vokzallari hududiga soddalashtirilgan tartibda, ya’ni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kirish mumkin. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bunday tartib Vazirlar Mahkamasining 159-son qarorida belgilangan.
Ammo yo‘lovchilar platformasi – perronga faqat chiptaga ega yo‘lovchilar, hamda harakatlanishi cheklangan yo‘lovchilar yoki keksalarni kuzatib borayotganlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan o‘tishi mumkin.
Chiptasiz shaxslar, shuningdek, chiptada ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bo‘lmaganlar yo‘lovchilar platformasi - perronga va vagonlarga kiritilmaydi.