Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil armiyasi G‘azo sektorida reyd o‘tkazdi
TsAXAL bu harakatlar avval e’lon qilingan quruqlikdagi operatsiyaning bir qismi emasligini ta’kidlamoqda.
Foto: Reuters
Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) G‘azo sektorida bir necha mahalliy reydlar o‘tkazdi. Bu haqda Fox News telekanali Isroil qo‘shinlari vakillariga tayanib xabar berdi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 13 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlarining piyoda qo‘shinlari va tanklari G‘azo sektoriga kirib borgan. Shu bilan birga, TsAXAL bu harakatlar avval e’lon qilingan quruqlikdagi operatsiyaning bir qismi emasligini ta’kidladi.
«TsAXAL xabariga ko‘ra, uning piyoda askarlari va tanklari mahalliy reydlar o‘tkazish uchun G‘azo sektoriga kirgan», deyiladi telekanal materialida.
Avvalroq, Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo sektori tinch aholisini o‘z xavfsizligi uchun mintaqa janubiga ko‘chib o‘tishga chaqirgan, TsAXAL shaharda «faol harakat qilishini» va tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralarni ko‘rishga va’da bergan edi.
O‘z navbatida, BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Isroil Mudofaa vazirligi va TsAXAL 1,1 million g‘azolikni 24 soat ichida janubga ko‘chib o‘tishi talabi haqida tashkilotni xabardor qilganini aytdi.
Dyujarrikning ta’kidlashicha, BMT «bunday ko‘chishni halokatli gumanitar oqibatlarsiz imkonsiz deb biladi». «Biz bu bir necha kun davom etishini tushunamiz», dedi TsAXAL vakili Daniel Xagariy bu so‘zlarga javoban.
Mavzuga oid
09:25 / 02.04.2026
Isroil “Hizbulloh”ning “Janubiy front” qo‘mondonini o‘ldirdi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
08:33 / 01.04.2026
Tramp: AQSh Eron bo‘yicha maqsadiga yetdi, hujumlar tez orada to‘xtaydi
17:00 / 31.03.2026