Armaniston prezidenti Rim statutini ratifikatsiya qilishni ma’qulladi
Shuningdek, Armaniston prezidenti Xalqaro jinoyat sudi (XJS) vakolatlarini tan olishi haqidagi bayonotni ham qabul qildi. 2023 yil mart oyida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan.

Foto: president.am
Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan parlament tomonidan qabul qilingan Xalqaro jinoyat sudining (XJS) Rim statutini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Xachaturyan, shuningdek, Armaniston XJS vakolatlarini tan olishi haqidagi bayonotni ham qabul qildi.
Armaniston 1998 yilda Rim statutini imzolagan, biroq hujjat mamlakat Konstitutsiyasiga zid deb topilgach, ratifikatsiya jarayoni 2004 yilda to‘xtatilgan edi. 2022 yil oxirida Armaniston hukumati ratifikatsiya jarayonini tikladi.
Rossiya Armanistonning hujjatni ratifikatsiya qilishiga faol qarshilik ko‘rsatdi, chunki, XJS 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumon etilmoqda.
Armaniston hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan Rim statutini ratifikatsiya qilish zarurligini asoslab berdi: «Mamlakatimizga qarshi harbiy jinoyatlar sodir qilingan va qilinmoqda. Bizga bu [ratifikatsiya] kerak, mamlakatimizga kerak», degan edi parlament spikeri Alen Simonyan sentabr oyida.
Armaniston rasmiylari ratifikatsiya Ozarboyjon rahbariyatini Tog‘li Qorabog‘dagi «ehtimoliy harbiy jinoyatlar» uchun Xalqaro jinoyat sudida javobgarlikka tortish imkonini berishiga umid qilmoqda. Armaniston parlamenti spikeri o‘rinbosari Akop Arshakyan aprel oyida mamlakat rasmiylari Putinni hibsga olmoqchi emasligini aytdi.
13 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin XJS orderi chiqqanidan keyin birinchi marta xorijiy davlatga tashrif buyurdi – u Qirg‘izistonga, MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga bordi. Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Putin xorijga borishni hali rejalashtirmayotganini, biroq Armanistonga borishga tayyorligini aytdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi

07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi

11:13 / 11.04.2025
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi

18:09 / 03.04.2025