O‘zbekiston | 11:24 / 14.10.2023
98003
2 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 16-18 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 16 oktyabrda +12...+17 daraja, 17-18 oktyabrda +15...+20 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja; 17 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 18 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 17 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +18...+23 daraja, 18 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 16 oktyabrda +19...+24 daraja; 17-18 oktyabrda +21...+26 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16 oktyabrda +3...+8 daraja, 17-18 oktyabrda +5...+10 daraja, kunduzi 16 oktyabrda +15...+20 daraja, 17-18 oktyabrda +20...+25 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-17 oktyabrda +0...+5 daraja, 18 oktyabrda +2...+7 daraja; kunduzi 16 oktyabrda +8...+13 daraja, 17-18 oktyabrda +13...+18 darajagacha ko‘tariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid