Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobodlik tadbirkor: «Chegara ochilgach qirg‘izistonlik sayyohlar oqimi ko‘paydi»
Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi davom etmoqda.
Sessiyada qatnashayotgan Andijon viloyati Xonobod tumanidan tashrif buyurgan Erkinoy Abjamilovaning aytishicha, shaharning Qirg‘iziston bilan chegarasidagi Bek-Obod bojxona punkti ochilishi sayyohlar oqimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
«Men Erkinoy Abjamilova. Millatim qirg‘iz. Xonobod tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Tumanimizdagi 800 metr balandda joylashgan hududda etno-kafe ochganman. U yerda qirg‘iz milliy taomlari, o‘zbekcha taomlar tayyorlanadi. Sayyohlarga boshqa xizmatlar ham ko‘rsatiladi.
Qirg‘iziston bilan chegaradagi Bek-Obod bojxona chegara posti ochilganidan keyin bizga sayyohlar oqimi sezilarli ko‘paydi. Bu bizga tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun turtki ham bo‘ldi.
Hozir Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati bilan sayyohlikni o‘zaro rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladik. Qirg‘izistondan Andijonga ko‘plab sayohlar davolanish maqsadida ham kelmoqda. Menimcha, sayohlar oqimini yanada oshirishga imkoniyatlarimiz bor», deydi xonobodlik tadbirkor.
Ma’lumot uchun, Kampirobod suv ombori yaqinida joylashgan Xonobod shahri O‘zbekistonning eng sharqiy hududi hisoblanadi. Bu hududdan Buyuk ipak yo‘lining bir qismi o‘tgan.
Foto: Andijon viloyat hokimligi
Xonobod va Qirg‘iziston o‘rtasidagi Bek-Obod bojxona chegara punkti 2009 yilda yopib qo‘yilgandi. 2023 yil sentabr oyida esa 14 yil davomida yopiq bo‘lgan chegara punkti ochilib, har ikki davlat fuqarolariga ID-karta orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026